Ishonch raqami: (+998) 742234711 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

Andijon shahar Ichki ishlar boshqarmasi huzuridagi tergov bo’limi bilan birgalikda 2018 yil 21 sentyabr kuni Andijon shahar Ichki ishlar boshqarmasi huzuridagi tergov bo’limining taqdimnomasi bo’yicha yig’ilish o’tkazildi. 

Yig’ilishda mazkur masala yuzasidan Andijon shahar IIB huzuridagi tergov bo’limi boshlig’i Sidiqov Sarvar Tursunovich hamda Katta tergovchi Axmadjonov Maxsudjon Muxammadjon o’g’li so’zga chiqib taqdimnoma mazmuni bilan tanishtirdi. Taqdimnomada keltirilgan holatlar bo’yicha qabul komissiyasi ishini yanada yaxshilash uchun  hujjatlarni abituriyent pasporti bilan solishtirib sinchkovlik bilan qabul qilishi lozimligi tushuntirildi.  

SHuningdek, ushbu masala bo’yicha institutda faoliyat ko’rsatayotgan har bir kafedralarda ushbu taqdimnomani  ko’rib chiqish, professor-o’qituvchilar o’rtasida muhokama qilish, kelgusida  qabul komissiyasi a’zolari  o’ziga yuklatilgan vazifalarga mas’uliyat bilan yondoshishlari alohida ta’kidlab o’tildi.

Yig’ilishda professor-o’qituvchilar, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari va bo’lim boshliqlari qatnashdilar.