Ishonch raqami: (+998) 742234711 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

            2018 yilning 22 sentyabr kuni Andijon mashinasozlik instituti qoshida «NAT-TEST» Yapon tili test imtihonlarini qabul qilish» markazi ochildi.

       Markazni ochilish marosimida institut rektori U.R.Salomov, markaz koordinatori, dotsent A.Ermatov, «Xalqaro aloqalar» bo’limi boshlig’i Z.Jo’rayev hamda markaz koordinatori, assistent B.Nabiyevlar ishtirok etdilar.

          Markazning ochilish marosimiga Yaponiyadagi «NAT-TEST» markazi rahbari Kamata Atsushi tashrif buyurdi va ochilish marosimida ishtirok etib, Andijon mashinasozlik instituti rektori U.R.Salomov bilan birgalikda O’zbekistonda ilk bor O’rta Osiyoda yagona «NAT-TEST» markazini ochib berdi.

       Andijon mashinasozlik instituti hamda Yaponiya «NAT-TEST» markazi tomonidan o’zaro imzolangan shartnomaga ko’ra joriy yilning 14 oktyabr kuni Yapon tilini bilish darajasi bo’yicha «NAT-TEST» imtihonlari bo’lib o’tadi.

       Imtihon o’tkazilishi uchun imzolangan shartnomada belgilangan tashkiliy ishlar «NAT-TEST» markazi rahbari Kamata Atsushiga ma’qul keldi va bunday tashkilotchilik  kelgusida mamlakatimiz bo’ylab  ochilishi ko’zda tutilayotgan markazlar uchun namuna bo’la olishini aytdi.

 

Odilov Otabek

Andijon mashinasozlik instituti matbuot va axborot xizmati xodimi