Ishonch raqami: (+998) 742234711 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

ANDIJON MASHINASOZLIK INSTITUTI

Axborot xati

 O’zbekiston  Respublikasi  Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 6 martdagi 178-f-sonli farmoyishi hamda O’zbekiston  Respublikasi Oliy va O’rta maxsus ta’lim Vazirligining 2018 yil 12 martdagi 233-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan “O’zbekiston  Respublikasida 2018 yilda halqaro va respublika miqyosida o’tkiziladigan ilmiy va ilmiy-texnik anjumanlar rejasi”ga muvofiq Andijon mashinasozlik institutida  2018-yil 3-4 oktyabr kunlari “Zamonaviy ishlab chiqarishning ish samaradorligi va energo – resurs tejamkorligini oshirish muammolari” (Problemi  povisheniya effektivnosti raboti sovremennogo proizvodstva i energo-resursosberejeniya) mavzusida  xalqaro ilmiy-amaliy anjuman  o’tkaziladi.

Ilmiy anjumanni  o’tkazishdan maqsad  – O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha xarakatlar strategiyasi to’g’risida”gi PF-4947 sonli farmoni ijrosini ta’minlash, Respublikada mashinasozlik sohalarida innovatsion faoliyatning rivojlantirish tamoyillarini ishlab chiqish, professor-o’qituvchilar va soha mutaxassislarini axborot almashuvini jadallashtirish, yechimi birinchi darajada talab kilinayotgan muammolarni aniqlash, ularni tezlik bilan yechimini aniqlab, o’quv jarayoniga tatbiq etish; talabalar, olimlar va soha mutaxassislari o’rtasidagi aloqalarni mustaxkamlash,  ilmiy-tadqiqot ishlarini tijoratlashtirish faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida o’tkaziladi.

Anjumanning ilmiy yo’nalishlari:

1.Zamonaviy ishlab chiqarishning texnologiyalari va jihozlari;

2.Zamonaviy ishlab chiqarishda muqobil va qayta tiklanuvchan energiya manbalari;

3.Xayotiy faoliyat xavfsizligi;

4.Ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish;

5.Servis xizmatlari.

 

             Taqdim etiladigan maqolalarni rasmiylashtirishga qo’yiladigan talablar:

Taqdim etilayotgan material Times New Roman tahririda 14-shriftda 5 betgacha bo’lgan xajmda A4 formatdagi qog’ozga rasmiylashtiriladi. Qog’ozning xoshiyalaridagi o’lchamlari: chapdan – 3 sm, o’ngdan – 1,5 sm, yuqori va pastdan – 2 sm. Abzats uchun 1 sm qoldiriladi. Matn eni bo’yicha tekislangan (po shirine) bo’lishi kerak. Qatorlar orasida 1,5 interval.

Maqolaning nomi markazga  qoraytirilgan shrift bilan yoziladi. Keyingi qator o’tkazib yuboriladi. Keyingi satrdan muallifning FISH, ilmiy darajasi va unvoni yoziladi. Ularning tagiga qator qoldirmasdan kichik xarflarda tashkilotning to’liq nomi yoziladi. Keyingi qator o’tkazib yuboriladi va keyingi qatordan maqolaning matni yoziladi.

Tashkiliy qo’mita tomonidan materialni olgandan keyin uch kun ichida muallifning elektron pochtasiga tasdiqlovchi xat yuboriladi.

Anjumanning ishchi tillari: o’zbek, rus va ingliz.

Barcha maqolalar muallifning taxriri bo’yicha chop etiladi. Tashkiliy qo’mita taqdim etilgan materiallarning to’g’riligi bo’yicha javobgarlikni o’z zimmasiga olmaydi.

Maqolalar 2018 yil 20 sentyabrga qadar anjumanning tashkiliy qo’mitasi tomonidan zaylobiddin1992@gmail.com, humoyun1991@gmail.com elektron manzillari orqali  qabul qilinadi.

Murojaat uchun telefon raqamlar: +99874 223-47-18, +99893 243-42-97.

Anjumanning tashkiliy masalalarini xal etish uchun har bir maqola uchun 30 000 (o’ttiz ming so’m) miqdorida mualliflik badali belgilangan. Plastik “Clik” to’lov uchun 8600332980261881

Rekvizitlar: oluvchining nomi MB, BB, XKKM Toshkent shaxar x/r 23402000300100001010, MFO 00014 STIR 201122919. To’lov badali uchun SHXB 400110860034017950100079001, Andijon mashinasozlik instituti, INN 202525534