Ishonch raqami: (+998) 742234711 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

2018 yil 15 sentyabr kuni soat 14-00 da Andijon shahridagi Muhammad YUsuf nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 maydagi “Inson huquqlari umumjaxon deklaratsiyasi qabul qilinganiligining 70 yilligiga bag’ishlangan tadbirlar dasturi to’g’risida”gi PF-5434-sonli farmoni ijrosi yuzasidan xalqaro davra suhbati o’tkazildi.

Tadbirni Andijon viloyati hokimi o’rinbosari , Xotin qizlar qo’mitasi raisi M.YUnusova ochib so’zni O’zbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasi deputati, akademik Saidov Akmal Xolmatovichga berdi.

Akademik Saidov Akmal Xolmatovich “Inson huquqlari umumjaxon deklaratsiyasi” haqida ma’ruza qilib, ma’ruza so’ngida shoir Muhammad YUsuf ijodi, u bilan bo’lgan qizirli suhbatlar haqida to’xtalib o’tdi.

Tadbirda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi senatori, O’zbekiston qahramoni SHukurjon Mamatqulov, O’zbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasi deputati Abdullajon Hamraqulov va viloyatdagi 4 ta OTMlarining professor-o’qituvchilari hamda boshqa muassasalardan vakillar ishtirok etdilar.