Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

       Ayni shu kunlarda respublikamizning barcha viloyatlarida faoliyat olib borayotgan korxona va tashkilotlarda, ta’lim muassasalarida 2019-yilning dekabr oyida bo’lib o’tishi rejalashtirilayotgan saylov jarayonlariga tayyorgarlik ko’rish, saylov haqida uning o’tkazish tartibi to’g’risida saylov kodeks loyihasi targ’iboti olib borilmoqda.

       2018-yilning 13-sentyabr kuni Andijon mashinasozlik instituti asosiy binosi faollar zalida hamda Mashinasozlik fakultetlarida “Fuqarolar xohish-irodasini erkin ifoda etishning ishonchli kafolati” mavzusida uchrashuv o’tkazildi.

       Uchrashuvda Andijon shahar saylov komissiyasi raisi A.Raximov, viloyat Tashkiliy nazorat bo’limi Bosh mutaxassisi B.Yunusov, institut “Ma’naviyat va ma’rifat” bo’limi boshlig’i M.Xaliqova, 32 nafar professor-o’qituvchilar hamda 400 dan ziyod talabalar ishtirok etdilar.

       Uchrashuvni “Ma’naviyat va ma’rifat” bo’limi boshlig’i M.Xaliqova olib bordi.

       Uchrashuv avvalida so’z olgan viloyat Tashkiliy nazorat bo’limi Bosh mutaxassisi B.Yunusov tadbir ishtirokchilariga saylovchining huquqlari, saylov prinsplari, joylardagi saylov uchastkalarida bo’lib o’tadigan saylov oldi tayyorgarlik jarayonlari qay yo’sinda tashkil etilishi haqida to’laligicha axborot berdi.

       Shundan so’ng Andijon shahar saylov komissiyasi raisi A.Rahimov so’zga chiqdi va o’z so’zida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasida O’zbekiston Respublikasining Saylov kodeksini ishlab chiqish va qabul qilish vazifasi qo’yilganligi hamda Harakatlar strategiyasini joriy yilda amalga oshirishga oid Davlat dasturi ijrosini ta’minlash va davlatimiz rahbari tomonidan belgilangan vazifalardan kelib chiqqan holda saylov qonunchiligini takomillashtirish va unifikatsiyalash maqsadida Saylov kodeksi loyihasi tayyorlanganligi haqida talabalarga axborot berdi. Bundan tashqari fuqarolar nafaqat saylash balki saylanish huquqiga ham ega ekanliklarini, buning uchun esa mamlakat ravnaqiga o’z xissasini qo’sha oladigan darajada salohiyatli kadr bo’lib yetishish, faqatgina chuqur bilim olish zarurligini, hozirda jamiyatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga dahldorlik hissi bilan yashash kerak ekanligini aytish barobarida Andijon mashinasozlik institutida tahsil olib, hozirda deputat lavozimida faoliyat olib borayotgan yoshlarni talabalarga misol tariqasida aytib o’tdi.

       Uchrashuv so’nggida talabalar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha javoblar berildi.

 

 

 

 

Odilov Otabek

Andijon mashinasozlik instituti matbuot va axborot xizmati xodimi