Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

       2018-yil 12-sentyabr kuni Andijon mashinasozlik instituti asosiy binosining faollar zalida “Pora olish va pora berish jinoyat, uning salbiy oqibatlari va mazkur jinoyatning oldini olish choralari” mavzusida yig’ilish bo’lib o’tdi.

       Yig’ilish jinoyat ishlari bo’yicha Andijon shahar sudi sudyasi X.Sarmanov, jinoyat ishlari bo’yicha Andijon shahar sudi sudyasi yordamchisi M.Sharofiddinov, institutning “Ma’naviyat va ma’rifat” bo’limi boshlig’i M.Xaliqova, O’zbekiston yoshlar ittifoqi institut boshlang’ich tashkiloti yetakchisi B.Safarov, Matbuot va axborot xizmati xodimi O.Odilov hamda 200 nafar talabalar ishtirokida o’tkazildi. Yig’ilishni “Ma’naviyat va ma’rifat” bo’limi boshlig’i M.Xaliqova olib bordi.

       Yig’ilish davomida jinoyat ishlari bo’yicha Andijon shahar sudi sudyasi X.Sarmanov talabalarga mamlakatimizning rivojlanishida to’siq bo’luvchi korrupsiya jinoyatiga qarshi kurashish, talabalar o’rtasida huquqbuzarlik holatlariga yo’l qo’ymaslik, ijtimoiy tarmoqlardagi inson xulqiga salbiy ta’sir ko’rsatuvchi, behayolikni targ’ib qiluvchi audio va video materiallarni ko’rmaslik va tarqatmaslik,diniy ta’limotni notog’ri targ’ib qiluvchi saytlar, ijtimoiy tarmoqlardagi shunga o’xshash guruhlar ta’siriga tushib qolmaslikni aytish barobarida mamalakatimizda sud-huquq tizimidagi amalga oshirilayotgan islohotlar haqida axborot berdi hamda talabalarning shu sohada qiziqtirgan bir qator savollariga atroflicha javob berdi.

Odilov Otabek

Andijon mashinasozlik instituti matbuot va axborot xizmati xodimi