Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

      2018-yil 11-sentyabr kuni Andijon mashinasozlik institutining asosiy binosi ochiq maydonida institut talabalari bilan dars mashg’ulotlari oldidan umumiy yig’ilish o’tkazildi.

       Yig’lishda talabalar o’rtasida huquqbuzarlik, jinoyatchilik, giyohvandlik, diniy ekstremizm va turli salbiy holatlarini kelib chiqish sabablari va ularni oldini olish, “Andijon mashinasozlik instituti talabalarining odob-axloq qoidalari”ga to’la rioya etishlari xususida so’z yuritildi.

       Yig’ilishda viloyat Ichki ishlar Boshqarmasi Huquqbuzarliklar profilaktikasi Boshqarmasi boshlig’i I.Ismanov, O’quv ishlari bo’yicha prorektor Q.Ermatov, “Ma’naviyat va ma’rifat” bo’limi boshlig’i M.Xaliqova, institut Xotin-qizlar Qo’mitasi raisi R.Yusupova, Murabbiylar Kengashi raisi A.Abduraxmanov, fakultet dekanlari va 2400 dan ziyod talabalar hamda professor-o’qituvchilar ishtirok etdilar. Yig’ilishni institut “Ma’naviyat va ma’rifat” bo’limi boshlig’i M.Xaliqova olib bordi.

       Yig’ilish davomida murabbiylar talabalarning odob-axloqqa oid majburiyatlari xususida so’z yuritdilar. Institut hududiga kirishda talabalik guvohnomasini ko’rsatib kirish, hududni ifloslantirmaslik va chiqindilarni faqat joylardagi urnalarga tashlash, institut hududiga inson hayoti yoki sog’ligiga zarar yetkazishi mumkin bo’lgan har qanday vositalarni olib kirmaslik va olib yurmaslik, o’quv mashg’ulotlari vaqtida hududda sababsiz yurmaslik, institut mulkiga extiyotkorona munosabatda bo’lish, kiyinish madaniyati va o’zaro suhbat odoblariga rioya qilish, mutasaddilarning ruxsatisiz turli reklama vositalarini osmaslik, maishiy tinchlikka rioya qilish, narkotik va psixotrop moddalar, alkogol va tamaki maxsulotlar iste’mol qilinishi hamda tarqatilishiga qarshi kurashish, O’zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq yuqoridagi xolatlar haqida tegishli tashkilotlarga o’z vaqtida habar bermaslik javobgarlikka sabab bo’lishi alohida qayd etilganligi haqida talabalar xabardor etildi.

Odilov Otabek

Andijon mashinasozlik instituti matbuot va axborot xizmati xodimi