Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

       So’nggi  yillarda yurtimizda ayollarga bo’lgan e’tibor kundan-kunga yuksalib bormoqda.Buning isbotini mamlakatimizda xotin-qizlarning  haq-huquqlarini himoya qilish,ularning ijtimoiy faolligini oshirishga doir chora-tadbirlar misolida ham ko’rish mumkin.

       2018-yil 10-sentyabr kuni Andijon mashinasozlik instituti boshlang’ich Xotin-qizlar qo’mitasining umumiy yig’ilishi doirasida hisobot saylov yig’ilishi bo’lib o’tdi.

       Yig’ilishda Andijon mashinasozlik instituti rektori U.R.Salomov, viloyat Xotin-qizlar qo’mitasi raisi o’rinbosari M.Nizomova, Andijon shahar  Kenggashi deputati M.Rahimova, “Andijonnoma” gazetasi muxbiri M.Otaboyevalar ishtirok etdi.

       Yig’ilishni Andijon mashinasozlik instituti rektori U.R.Salomov ochib berdi. U.R.Salomov  o’z so’zida jamiyatda ayollarning o’rni juda  muhim ahamiyatga ega ekanligini va shu bilan bir qatorda Prezidentimizning ayollarning turmush sharoitini yaxshilash maqsadida qabul qilgan qarorlaridan misollar keltirib o’tdi.

       Yig’lish davomida Andijon viloyat xotin-qizlar qo’mitasi raisi o’rinbosari Mavluda Sheraliyevna so’z oldi va tadbir ishtirokchilariga hozirda yurtimizda xotin-qizlarni qo’llab-quvvatlashga qaratilgan  bir qator ishlar haqida, xususan Xotin-qizlar qo’mitasining 4 ta ustuvor yo’nalishlari, og’ir turmush sharoitda yashovchi ayollarga ko’mak ko’rsatish,ularni bandligini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan jamoat fondi, ayollarga psixologik va huquqiy maslahatlar beruvchi “Mehrimiz sizga” nomli ijtimoiy moslashuv markazlari haqida to’laligicha axborot berdi. Shu bilan birgalikda talabalar tomonidan berilgan bir qator savollarga atroflicha javob berdi.

       Shundan so’ng, 2017-2018 o’quv yili davomida Institut Xotin-qizlar qo’mitasi raisi sifatida faoliyat olib borgan R.Yusupovaga so’z berildi. R.Yusupova o’tgan davr mobaynida institut xotin-qizlari o’rtasida o’tkazilgan turli tanlov va tadbirlar haqida va shular asosida erishilgan ijobiy natijalar tog’risida axborot berdi.

       Saylov ochiq ovoz berish shaklida o’tkazildi va yakuniy natijlarga ko’ra 90% to’plangan ovoz bilan R.Yusupova g’olib deb topildi va Andijon mashinasozlik instituti boshlang’ich Xotin-qizlar qo’mitasi raisi etib saylandi.

       Yig’ilish so’nggida 2017-2018 o’quv yilida o’tkazilgan tadbirlarda,jamoat ishlarida faol ishtirok etgan o’qituvchi va talabalarga faxriy yorliq va viloyat hokimining estalik sovg’alari topshirildi.

Odilov Otabek

Andijon mashinasozlik instituti matbuot va axborot xizmati xodimi