Ishonch raqami: (+998) 742234711 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining mas’ul vakili, Pedagogik kadrlarni qayta tayyorlash, malakasini oshirishni tashkil etish va nazorat qilish boshqarmasi bosh mutaxassisi Hamzaxo’ja Tursunxo’jaevich.Abduraxmonov tomonidan 2018 yil 8 sentyabr kuni institutni yangi 2018/2019 o’quv yiliga tayyorgarlik holati o’rganildi.

     Bunda kafedralarning o’quv jarayoniga tayyorgarligi, dars jadvallari, auditoriyalar, ARM, laboratoriyalar, talabalar turar joylari holati, institut hududidagi obodonlashtirish va ko’kalamzorlashtirish ishlari ko’rib chiqildi.

     Institutda 2018/2019 o’quv yiliga tayyorgarlik ko’rish “Harakat dasturi” va “Yo’l xaritasi”da belgilangan tadbirlar tizimli ravishda amalga oshirilgan. O’rganish davomida institutning “Mashinasozlik ishlab chiqarishini avtomatlashtirish” (mudir YO Qurbonov), “Axborot texnologiyalari” (mudir X.Sarimsakov) va “Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi” (mudir B.Tojiboyev) kafedralarining yangi o’quv yiliga tayyorgarlik holati ko’rib chiqildi va “Elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyalari” (mudir S.Abduraxmonov) kafedrasining laboratoriya xonasi Prezidentning PQ-1533-sonli qarori asosida  jihozlanganligi aniqlandi.

     Avtomatika va elektrotexnika fakulteti  1-kurs “Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi” yo’nalishi 298-299 – guruhlar bilan suhbat o’tkazildi.

1-talabalar turar joyi ko’zdan kechirilganda  talabalar turar joylaridagi mavjud sanuzellar, dam olish xonalari, dush va oshxonalar qo’shimcha jihozlar olib kelinib soz holga keltirilganligi aniqlandi.