Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     Andijon mashinasozlik institutida talabalarni yangi o’quv yiliga kutib olish tadbirlari institutning asosiy va mashinasozlik fakulteti binolarida rahbar xodimlardan iborat tashkil etilgan navbatchilik jadvali asosida  2018 yilning 05 sentyabridan buyon davom etmoqda. 

     Rektor, Prorektorlar, fakultet dekanlari bilan birga institutning asosiy va mashinasozlik fakulteti binosiga kirish qismida talabalarning darsga kelishlarini va kiyinish madaniyati nazoratga olinmoqda. Nazorat davomida belgilangan talablarga muvofiq holda kiyinmagan talabalar bilan tushuntirish ishlari olib borilmoqda va bundan buyon belgilangan tartibda kiyinish to’g’risida ogohlantirilmoqdalar.

     O’quv yili boshlangandan so’ng, institut ichki-tartib qoidalariga muvofiq tartibda kiyinish madaniyatiga rioya etmagan talabalar bilan rektor boshchiligida ishchi guruh shakllantirilib, viloyat hokimligi, ichki ishlar organlari va boshqa mutasaddi tashkilotlar vakillari bilan birgalikda ushbu talabalarga doimiy tushuntirish ishlari olib borildi. Natijada bugungi kunga kelib, talabalar belgilangan talablar doirasida kiyingan holda darslarga qatnashmoqda.