«NAT-TEST» xalqaro yapon tili testi MDH davlatlari yapon tili o’rganuvchilari orasida ilk marta O’zbekistonda o’tkazilmoqda! Andijon Mashinasozlik Instituti tashabbusi bilan Yaponiyaning «Senmon Kyouiku Publishing CO.»(Tokio, Yaponiya) tashkiloti bilan hamkorlik yo’lga qo’yildi hamda O’zbekistonda ilk bora – Andijon Mashinasozlik Institutida o’tkaziladi.
«NAT-TEST» xalqaro yapon tili testi – ona tilisi yapon tili bo’lmagan xorijliklar bilimini sinash uchun tuzilgan test bo’lib, u 5 ta darajadan iborat (1Q, 2Q, 3Q, 4Q, 5Q). Asosan 3 ta yo’nalishda o’quvchilar bilimi imtihon qilib tekshiriladi. Bular:
1. Grammatika/So’z boyligi
2. Eshitish
3. O’qish
O’z bilimingizni sinab ko’ring va xatqaro sertifikatni qo’lga kiriting!
2018-yil oktabr oyi imtihoni uchun 14-sentabr (juma) kunigacha hujjatlar qabul qilinadi.
Imtihon 2018-yil 14-oktabr(yakshanba) kuni o’tkaziladi.
Imtihon joyi: Andijon shahar Boburshoh ko’chasi 39-a uy, Andijon Mashinasozlik Instituti «Mashinasozlik» fakulteti binosi
Mo’ljal: 80 metrli ko’cha
Kerakli hujjatlar:
1. Anketa
2. Pasport nusxasi
3. Fotosurat (3,5×4,5) 2 dona
4. Shartnoma
5. Bank to’lov qog’ozi
Murojaat uchun telefonlar:
+99874 235 31 32
Yapon tilidan test imtihonlarini qabul qilish markazi
http://andijan.nat-test.jp/