Ishonch raqami: (+998) 742234711 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     Yurtimiz bir-biridan ajoyib bayramlar bilan yashamoqda. Kuni kecha, eng ulug’, eng aziz bayramimiz xisoblanmish Mustaqillik shodiyonalari yurtimizning barcha joylarida tantanali nishonlangan bo’lsa, 5 sentyabr barcha ta’lim muassasalarida yangi o’quv yilini boshlanishi bilan qalblarimizni quvonchga to’ldirdi. Shunday tadbirlardan biri Andijon Mashinasozlik instituti “Mashinasozlik” fakultetida ham tashkil etildi.

     Tadbirni institut o’quv ishlari bo’yicha prorektori dots.Q.Ermatov ochib berar ekan, barchani mustaqillik bayrami va yangi o’quv yilini boshlanishi munosabati bilan institut rektori U.R.Salomov nomidan tabriklab o’tdi. Shuningdek, yurtimizni mustaqillik yillarida erishgan ulkan yutuqlari, ayniqsa ta’lim sohasidagi ulkan o’zgarishlar, yangiliklar bilan tanishtirib, bu borada Andijon Mashinasozlik instituti tomonidan qo’lga kiritilgan yutuqlar, ijobiy natijalar haqida bir qancha misollar keltirib o’tdi. Shu bilan birgalikda o’tgan o’quv yilida ijobiy natijalarga erishgan bir qator talabalarga faxriy yorliqlar va pul mukofotlarini taqdim etdi.

    Tadbir davomida institutning bir qator professor-o’qituvchilari ham so’z olishib, yangi o’quv yilini boshlanishi bilan o’zlarining ijobiy fikrlarini bildirib o’tishdi.

    Tadbir so’nggida test sinovlaridan muvaffaqiyatli o’tib, yuqori natijalarga erishgan talabalar talabalik guvohnomalari va estalik sovg’alari bilan taqdirlandi.

    Shundan so’ng, barcha auditoriyalarda Mustaqillik darslari yuqori saviyada o’tkazildi.  

    

Vasiyev Xayrullo – Andijon Mashinasozlik instituti matbuot va axborot xizmati xodimi