Ishonch raqami: (+998) 742234711 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

Respublikamizning barcha ta’lim muassasalarida bo’lgani kabi Andijon mashinasozlik instituti akademik litseyida ham «Aziz va yagonamsan, jonajon O’zbekistonim» shiori ostida «Bilimlar kuni» tantanasi keng nishonlandi. Tadbirda A.Ermatov Andijon mashinasozlik instituti rektori tabrigini o’qib eshittirar ekan, akademik litsey o’quvchilari va pedagogik jamoasiga yangi o’quv yili muvaffaqiyatli kelishini tilab qoldi.