Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 16 avgustdagi “2018-2019 o’quv yilida horijiy davlatlarning oliy ta’lim muassasalaridan  o’qishni O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim  muassasalariga ko’chirish yoki ko’chirib qayta tiklash bo’yicha murojaat qilgan talabgorlar uchun masofaviy maxsus (onlayn test)  sinovlarini o’tkazish to’g’risida”gi 725-sonli buyrug’idan kelib chiqib institutning “Mashinasozlik” fakultetda 24-25 avgust kunlari maxsus (onlayn test)  sinovlari o’tkazilmoqda. Maxsus (onlayn test) sinovlarga deputatlar, jamoatchilik kengashi a’zolari hamda ota-onalardan vakillarni taklif etilgan, maxsus (onlayn test) sinovlarni shaffofligini ta’minlash maqsadida imtihon o’tkazish joylarida kuzatuv kameralari o’rnatilgan bo’lib videokuzatuvlar orqali jamoatchilik, shu jumladan abituriyentlar ota-onalarining maxsus (onlayn test) sinovlarni onlayn tarzda kuzatib borishlari va dam olishlari uchun tegishli shart-sharoitlar yaratilgan.

Maxsus (onlayn test) sinovlar o’tkaziladigan hudud va binolarda. xavfsizlikni ta’minlash choralarini ko’rish, bunda huquq-tartibot organlarini keng jalb etildi hamda maxsus (onlayn test) sinovlar o’tkaziladigan kompyuterlarni Markaziy server bilan uzluksiz aloqasini ta’minlash, elektr ta’minotida uzilishlarga yo’l qo’ymaslik uchun tegishli chora-tadbirlar ko’rildi.