Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

Institutning katta anjumanlar zalida 2018 yil 17 avgust kuni yangi 2018-2019 o’quv yiliga tayyorgarlik borasida yig’ilish o’tkazildi.

 Yig’ilishni o’quv ishlari bo’yicha prorektor Q.M.Ermatov olib bordi. Yig’ilishda fakultet dekanlari, o’rinbosarlari, bo’lim boshliqlari, kafedra mudirlari qatnashdi.

2018 yilning 15 avgust kuni o’tkazilgan videoselektorda Vazir I.U.Madjidovni bergan topshiriqlaridan kelib chiqib  Q.M.Ermatov institut fakultet va kafedralarida yangi 2018-2019 o’quv yiliga tayyorgarlikni o’rganish  bo’yicha 2018 yil 16 avgust kuni institutning ichki № 530 sonli buyrug’i ishlab chiqilganligini, ushbu buyruqqa asosan yangi 2018-2019 o’quv yiliga tayyorgarligi bo’yicha fakultetlar va kafedralarni harakatlar dasturida va yo’l xaritalarida ko’rsatilgan asosiy vazifalar bajarilishini o’rganish bo’yicha ishchi guruh tashkil qilinganligini bildirdi.

Ishchi guruh bilan yig’ilish 18 avgustda o’tkazilib, ishchi guruhning har bir a’zosiga konkret topshiriqlar berildi.

Ishchi guruh tomonidan  yangi 2018-2019 o’quv yiliga tayyorgarligi yuzasidan harakatlar dasturida ko’rsatilgan asosiy vazifalar bajarilishini fakultet va kafedralarda o’rganish 18.08-25.08.2018 kunlari olib boriladi.