Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

 Shimoliy Xitoy Texnologiya universiteti delegatsiyasi joriy yilning 14 avgust kuni Andijon mashinasozlik institutiga tashrif buyuridi. Biz delegatsiya raxbari professor Shei Zi Li xonimga savollar bilan murojaat qildik.

Xurmatli Shei Zi Li xonim O’zbekistonga xush kelibsiz!

  • Raxmat, yuksak darajadagi e’tibor uchun delegatsiyamiz nomidan minnatdorchilik bildirib qolaman. Bizni bu yerda juda yaxshi kutib olishdi, barchasi uchun yana bir bor raxmat deb qolaman.

 

Delegatsiyani Andijon mashinasozlik institutiga tashrifidan ko’zlangan asosiy maqsadi nima?

  • O’zaro tajriba almashish, ilmiy tadqiqot ishlarni hamkorlikda olib borish, ikki oliy ta’lim muassasalari o’rtasida qo’shma fakultet ochish, talabalarni hamkorlikda o’qitish, qo’shma diplom berish kabi masalalarda hamkorlik qilishni rejalashtirganmiz. Xursand qilgan tomoni shu bo’ldiki, rejadagi ishlarimiz ijobiy yakun topmoqda, xozirgina Shimoliy Xitoy Texnologiya universiteti va Andijon Mashinasozlik instituti o’rtasida Hamkorlik memorandumi imzolandi. O’ylaymanki, bu kelishuv ikki oliy ta’lim muassasasi uchun ham foydali bo’ladi.

 

O’zbekiston haqida dastlabki ta’surotlaringiz  qanday?

  • O’zbekiston haqida avval eshitgan bo’lsamda, bu yerga kelib jannatmakon yurtingiz borligiga amin bo’ldim. Samimiy va mexmondo’st halqingiz bizda katta ta’surot qoldirdi. Bilasizmi, men dunyoning ko’plab davlatlarida bo’lganman, lekin yurtingizdagi kabi shirin mevalarni dunyoninig xech qaerida ko’rmaganman. Andijon mashinasozlik instituti faoliyatiga oid video rolik bilan tanishar ekanman,  institutning ilmiy saloxiyati yuqori ekanligiga guvoh bo’ldim, o’ylaymanki, hamkorligimiz samarali davom etadi.

 

 

Xayrullo VASIYEV suxbatlashdi