Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

O’zbekiston Respublikasi va Xitoy Xalq Respublikasi oliy ta’lim muassasalari o’rtasidagi o’zaro almashuvlarni rivojlantirish, bu boradagi ilg’or tajribani o’zlashtirish yo’lida muzokaralar o’tkazish maqsadida Shimoliy Xitoy Texnologiya universiteti vitse-prezidenti, professor Shei Zi Li xonim boshchiligidagi delegatsiya a’zolari joriy yilning 14 avgust kuni Andijon mashinasozlik institutiga tashrif buyuridi.

Yuksak martabali mexmonlar o’zbekona tarzda kutib olindi, shundan so’ng, Shimoliy Xitoy Texnologiya universitetidan tashrif buyurigan 4 nafardan iborat delegatsiya va Andijon mashinasozlik instituti raxbariyati o’rtasida rasmiy uchrashuv bo’lib o’tdi. Uchrashuvda dastlab so’z olgan, Andijon mashinasozlik instituti rektori U.Salomov O’zbekiston va Xitoy o’rtasidagi do’stona aloqalar, ayniqsa, ta’lim tizimida o’rnatilgan hamkorlik buni natijasida erishilayotgan yutuqlar ҳaqida gapirib o’tdi. Shu bilan birgalikda, Shimoliy Xitoy Texnologiya universiteti bilan hamkorlik qilish ikki oliy ta’lim muassasalari uchun manfaatli ekanligini ta’kidlab, o’zaro tajriba almashish bo’yicha o’zining taklif va muloҳazalarni bildirib o’tdi.

Uchrashuv davomida Andijon mashinasozlik instituti xalqaro aloqalar bo’limi boshlig’i dots. Z.Jo’raev tomonidan institut faoliyati, erishilgan yutuqlar, ilmiy tadqiqot ishlari, xalqaro aloqalar kabi masalalarni qamrab olgan video rolik namoyish etildi.

O’z navbatida delegatsiya raxbari Shimoliy Xitoy Texnologiya universitet vitse-prezidenti, professor Shei Zi Li xonim ham bunday e’tibordan xursand ekanligini bildirib, ikki oliy ta’lim muassasalari o’rtasidagi hamkorlik bo’yicha o’zining takliflarini bildirib o’tdi.

 

 

 

 

 

 

Mehmonlar Andijon mashinasozlik instituti professor-o’qituvchilari bilan ham uchrashib, o’zaro tajriba almashish, ilmiy tadqiqot ishlarni hamkorlikda olib borish, ilmiy loyihalarini tayyorlash kabi bir qator masalalarda o’zaro fikr almashishdi. Andijon mashinasozlik institutida bo’lgan 4 nafardan iborat Xitoy delegatsiyasi institutda professor-o’qituvchilar va talabalar tomonidan olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlari, innovatsion g’oyalar va ishlanmalar, o’quv –uslubiy ishlar, yaratilgan sharoitlar bilan tanishar ekan, institutning ilmiy saloxiyati yuqori ekanligini ta’kidlab, hamkorlik qilishdan mamnun ekanligini aytib o’tdi.Tashrif davomida Shimoliy Xitoy Texnologiya universiteti va  Andijon mashinasozlik instituti o’rtasida Hamkorlik to’g’risidagi memorandum imzolandi. Unga ko’ra, ikki oliy ta’lim muassasalari o’rtasida qo’shma fakultet ochish, talabalarni hamkorlikda o’qitish, qo’shma diplom berish kabi masalalarini rejalashtirib olindi.

  

Uchrashuv so’nggida yuksak martabali mexmonlarga o’zbekona milliy kiyimlar va sovg’alar tuxfa etildi. O’z navbatida xitoyliklar ham o’zlarining estalik sovg’alarini taqdim etishdi.

   

Xayrullo VASIYEV Andijon Mashinsozlik instituti, matbuot va axborot xizmati xodimi