Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

2018 yil 3 avgust kuni institut Rektori rahbarligida   yig’ilish o’tkazildi.

Yig’ilishda institute rektori U.R.Salomov Oliy va o’rta maxsus ta’lim vaziri I.U.Madjidov tomonidan 2018 yil  2 avgust kuni magistraturaga qabul jarayoniga bag’ishlab TDAU Andijon filialida bo’lib o’tgan videoselektorda berilgan topshiriqlar bo’yicha Prorektorlar, Mas’ul kotib T.Turgunov, mas’ul kotibning magistratura buyicha o’rinbosari N.Kobulova, mavjud magistratura mutaxassisliklari bo’yicha va “Xorijiy tillar” kafedrasi mudirlari hamda magistraturaga kirish uchun hujjat topshirgan abituriyentlarni tanishtirdi.

Rektor kirish sinovlari faqat mutaxassislik(100 ball) va chet tili (50 ball) fanlaridan o’tkazilishi  hamda baholashda adolatlilik va xolislikni ta’minlash uchun auditoriyalarga videokuzatuv tizimlari o’rnatilishi, yozma ishlar shifrlanishi to’g’risida gapirdi.

Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 20 iyundagi 393-son qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalarining magistraturasiga qabul qilish tartibi to’g’risida”gi Nizomga asosan magistraturaga mutaxassislik (maxsus) fani bo’yicha kirish sinovi uchun belgilangan maksimal ballning 55 foizi va undan kam ball to’plaganlarni navbatdagi kirish sinoviga kirmasligini hamda magistraturaga qabul qilishga tavsiya etilmasligini uqtirdi.

Yig’ilish so’ngida Rektor  berilgan savollarga javob berib, magistraturaga kirish uchun hujjat topshirgan abituriyentlarga muvaffaqiyatlar tiladi.