Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

Mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari o’tkaziladigan sana ham yetib keldi. Abituriyentlarning bor e’tibori oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlariga qaratilgan.

2018/2019 o’quv yili qabuli uchun institutning kunduzgi 14 ta bakalavriat ta’lim yo’nalishlariga 9149 nafar abituriyentlarning 9010 nafari joriy yilning 31 avgutiga DTM ruxsatnomalarini olib bo’ldi. 29-31 avgust kunlari ruxsatnomalarini ololmagan abituriyentlar institut qabul komissiyasidan olishlari tashkil etildi.

Ma’lumki, bu yil test sinovlari kunduzgi, maxsus sirtqi va kechki (smenali) ta’lim shakli uchun 1 avgustdan 15 avgustgacha bo’lgan muddatda kuniga ikki smenada o’tkaziladi. Birinchi smena soat 08:00 da, ikkinchi smena soat 15:00 da boshlanadi.

 Andijon olimpiya zahiralari sport kollejida ham test sinovlari 01 avgust kuni bir vaqtda 8:00dan boshlandi. Test sinovlarini o’tkazishga institutdan 52 nafar binolar rahbarlari va guruhlar kuzatuvchilari jalb etildi. Ularning hammasi test sinovlari o’tkazish tartib-qoidalari va texnologiyasi bo’yicha maxsus tayyorgarlikdan o’tdi.  

Kirish test sinovlari o’tkaziladigan pavilonlar atrofi, hududdagi aholi dam olish joylariga to’yxonalar o’rnatildi, quyosh nuridan himoyalangan kutish joylari tashkil etildi.

Andijon olimpiya zahiralari sport kollejidagi test sinovlari jarayonini video tasvirlar orqali keng jamoatchilik e’tiboriga havola etish maqsadida institutning kirish foyesidagi televizorlar orqali kirish test sinovlari jarayonlarini onlayn rejimda namoyish etib borish tashkil etildi.