Ishonch raqami: (+998) 742234711 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     Joriy  yilning 31 iyul kuni Andijon mashinasozlik instituti majlislar zalida 1-15 avgust kunlari test sinovlarida ishtirok etadigan professor-o’qituvchilar ishtirokida yig’ilish bo’lib o’tdi.

     Yig’ilishni institut rektori U.R.Salomov olib borar ekan, test sinovlarida ishtirok etish har bir professor-o’qituvchi uchun ham mas’uliyat ham sharaf ekanligini ta’kidlab, bu jarayonda vijdonan ishtirok etish, qabul va test o’tkazish nizomlari talablariga qat’iy amal qilish keraklini aytib, aks holda ushbu kuzatuvchiga qonunda ko’zda tutilgan asosiy ish joyidagi mehnat shartnomasini bekor qilishgacha bo’lgan tegishli choralar ko’rilishi yana bir bor eslatib o’tdi.