Ishonch raqami: (+998) 742234711 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 23 iyundagi 551-sonli buyrug’iga asosan institutimizning “Avtomobilsozlik va traktorsozlik” yo’nalishi 4-kurs 136-gurux talabasi Mirzaxamdamov Jasurbek Kubijon o’g’li Respublika fanlar olimpiadasining ikkinchi bosqichida “Avtomobilsozlik va traktorsozlik”  fanidan birinchi o’rinni egalladi. Jasurbek va uning ilmiy  rahbari – “Avtomobilsozlik” kafedrasi mudiri dotsent Tojiboy aka Almataevni ulkan g’alaba bilan samimiy tabriklaymiz!

         “Oliy ta’lim muassasalari talabalari respublika fan olimpiadasi to’g’risida”gi Nizomning 43, 44 – bandlari hamda Institutimiz Rektori buyrug’iga asosan talaba Mirzaxamdamov Jasurbek Kubijon o’g’li tegishli stipendiyasining besh barobari miqdorida, uning ilmiy raxbari, “Avtomobilsozlik” kafedrasi mudiri Almataev Tojiboy Orzikulovich eng kam ish haqining besh barobari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlandi.

     Ularga kelgusi o’qish va ishlarida katta zafarlar, Respublikamiz ravnaqi yo’lida kuch-qudrat, g’ayrat-shijoat va barchaga foydasi tegadigan ilm va bilim tilab qolamiz!