Ishonch raqami: (+998) 742234711 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

Institut qabul komissiyasi tomonidan  ishlar shu kunlarda qizg’in davom ettirilmoqda. Ma’lumki 2018/2019 o’quv yili qabuli uchun institutning kunduzgi 14 ta bakalavriat ta’lim yo’nalishlariga 9149 ta hujjat tushgan edi. Hozirgi kunda abituriyentlarni ruxsatnomalariga rasm yopishtirish va uni tasdiqlab muhr  bosish ishlari yakunlanib 2018 yilning 29 iyul kunidan ruxsatnomalarni test o’tkaziladigan Andijon olimpiya zahiralari sport  kolleji binosi oldidagi maydonda tarqatilishi boshlandi.  Maydon institut va  yo’nalishlar haqidagi bannerlar, ko’rsatkichlar, stol va stullar va soyabonlar bilan jihozlandi. Har  bir abituriyent  test o’tkaziladigan binoga kirish reja- chizmasi bilan ham ta’minlanmoqda.