Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

Muzaffar JO’RAXONOV: Ta’lim sifatini oshirish, yurtimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirok etish asosiy vazifamiz 

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 iyundagi PQ- 3775 sonli “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi qarori e’lon qilindi. Ushbu qaror ijrosini ta’minlash bo’yicha Andijon mashinasozlik institutida amalga oshirilayotgan ishlarni bilish maqsadida, institut o’quv-uslubiy bo’limi boshlig’i M.Jo’raxonovga bir qator savollar bilan murojaat qildik.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 iyundagi PQ- 3775 sonli qarorini qabul qilinishiga nima sabab deb o’ylaysiz?

– Taraqqiyotning yangi bosqichiga dadil qadam tashlab borayotgan mamlakatimizda amalga oshirilayotgan tub islohotlar tufayli yurtdoshlarimiz ongida yangicha dunyoqarash shakllanib, bugun shiddat bilan ro’y berayotgan o’zgarishlar zamirida, avvalo, inson manfaatlari ko’zlangani bois xalqimiz qalbidan chuqur joy olmoqda. Birgina ta’lim tizimini olaylik. Bugun ta’lim inson uchun yangi texnologiyalarni hayotga tatbiq etishning muhim omillaridan biriga aylandi. Ayniqsa, jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashib borayotgan O’zbekiston uchun mehnat bozori talablariga tez moslasha oladigan oliy ta’lim tizimini rivojlantirib borish masalasi yanada dolzarb ko’rinishga keldi. O’zbekistonning bugungi kuni uchun iqtisodiyotning innovatsiyalarga asoslangan rivojlanishini ta’minlash vazifasi turmoqda. Shuning uchun O’zbekistonda ta’lim tizimidagi islohotlar iqtisodiyotdagi yangi o’zgarishlar paydo bo’lishi bilan chambarchas bog’liq bo’lib qolmoqda. O’zbekiston ta’lim tizimida keyingi yillarda qator o’zgarishlar amalga oshirildi. Bu o’zgarishlar esa O’zbekiston oliy ta’lim tizimida yechilishi zarur bo’lgan muammolarni ko’rsatib qo’ydi. O’z navbatida Prezident Qarorida respublikada amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar, ijtimoiy va iqtisodiy sohalardagi yangilanishlarda oliy ta’lim muassasalarining faol ishtirokini ta’minlashga to’siq bo’layotgan quyidagi 7ta asosiy muammolar keltirilgan:

birinchidan, oliy ta’lim tizimida o’qitishni tashkil etish jarayoni, ta’lim olayotgan talabalar bilimini baholash tizimi bugungi kun talablariga javob bermasligi;

ikkinchidan, professor-o’qituvchilarning faoliyatini, bilimini va pedagogik ko’nikmasini baholashning zamonaviy tizimi mavjud emasligining  ta’lim sifatiga salbiy ta’sir ko’rsatayotganligi;

uchinchidan, oliy ta’lim muassasalariga kirish test savollari abituriyentning mantiqiy fikrlash qobiliyatini aniqlash imkonini bermayotganligi natijasida iqtidorli yoshlarni oliy ta’lim muassasalariga qabul qilishda muammolar keltirib chiqarayotganligi;

to’rtinchidan, oliy ta’lim muassasalaridagi ta’lim jarayoni ustidan samarali jamoatchilik nazoratining o’rnatilmaganligi natijasida ushbu sohada ko’plab muammolarning, eng avvalo, korruptsiya holatlarining saqlanib qolishiga sabab bo’layotganligi;

beshinchidan, oliy ta’lim muassasalarining mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli va tizimli o’zgarishlardagi ishtiroki hamda tashabbuskorligining sezilmasligi, ularning ushbu yo’nalishdagi faoliyati hanuzgacha qoniqarsiz ekanligi;

oltinchidan, respublikamizda olib borilayotgan tub islohotlarning mazmuni va mohiyatini ommaviy axborot vositalari orqali xalqimizga, keng jamoatchilikka tuShuntirishda oliy ta’lim muassasalarining faol ishtiroki yo’lga qo’yilmaganligi;

ettinchidan, oliy ta’lim muassasalari innovatsion va texnologik g’oyalar bilan fikr almashadigan muloqot markazlariga aylanmagan, tegishli sohalarda mavjud muammo va kamchiliklarni tizimli o’rganish, tahlil qilish va ularning yechimi bo’yicha taklif kiritish borasida professor-o’qituvchilar, yosh olimlar va talabalarning tashabbus ko’rsatishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratilmaganligi.

Qaror asosida institutda o’quv jarayonini tashkil etishga oid qanday o’zgarishlarni ko’rishimiz mumkin bo’ladi?

– 2018/2019 o’quv yilidan boshlab tayanch (etakchi) oliy ta’lim muassasalari tomonidan tegishli ta’lim yo’nalishlari va mutaxassisliklari bo’yicha o’quv rejalari va dasturlarini kadrlar buyurtmachilarining ehtiyojlaridan kelib chiqib, mustaqil ravishda ishlab chiqish hamda O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlash ko’rsatilgan bo’lib, bunda 2018-2019 o’quv yili 1-kurs bakalavr yo’nalishlari uchun xorijiy tajribalarga asoslangan o’quv fanlarini optimallashtirish va yaxlitlash hisobiga 36 tagacha kamaytirilgan hamda amaliyotni 30 haftaga oshirilgan o’quv rejalarni tayyorlash bo’yicha takliflar bildirilgan. O’z navbatida institutda tayanch OTMlar (TDTU, TDIU) bilan xamkorlikda yuqoridagi talablar asosida o’quv rejalarning loyihaviy varianti tayyorlandi. Ushbu o’quv rejalarni tayyorlashda “GM Uzbekistan”da va institutda kadrlar iste’molchilari bo’lgan korxonalar vakillari hamda mutaxassislari ishtirokida o’quv reja va dasturlarini ishlab chiqishga qaratilgan o’quv-amaliy seminarlar o’tkazildi. Ushbu seminarlarda ularning talab va takliflari o’rganildi.

Qarorda ta’lim sifatini oshirish bo’yicha bir qator vazifalar ko’rsatib o’tilgan bo’lib, bu bo’yicha institutda qanday ishlar amalga oshirilmoqda?

 –Albatta qaror bilan tanishib chiqar ekansiz, unda ta’lim sifatini oshirish bo’yicha bir qator vazifalar belgilab o’tilganligini ko’rishimiz mumkin bo’ladi. Shu nuqtai nazardan olib qaraganda, ta’lim sifatini oshirish, yurtimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirok etish barchamizning bugungi kundagi asosiy vazifamizga aylandi deyishim mumkin.

Institut rektorining topshirig’i va Andijon mashinasozlik instituti tarkibidagi ta’lim sifatini nazorat qilish bo’limi tomonidan bir qator amaliy ishlar olib borilmoqda.

2017-2018 o’quv yili bahorgi semestr yakunlari bo’yicha o’qituvchilar faoliyatini baholash maqsadida Shu kunga qadar 2000 nafarga yaqin talaba o’rtasida anketa so’rovnomalari o’tkazildi.

Anketa so’rovnomalari asosida institut professor-o’qituvchilari faoliyatining faqat ikki jihati, ya’ni o’qituvchilarning dars o’tish sifati hamda baholashdagi ob’ektivligi o’rganildi.

Talabalar ta’lim sifatini yaxshilash yuzasidan qator takliflar hamda o’z fikr-mulohazalarini bildirganlar. Talabalar o’qituvchilar faoliyatiga baho berish bilan birga o’quv jarayonini yaxshilash yuzasidan takliflar, hozirgi kunda mavjud muammolar haqida o’z fikr-mulohazalarini bildirganlar.

So’rovnomalar tahlili natijalari joriy yil 30 iyun kuni o’tkazilgan institut Ilmiy kengash yig’ilishi muhokamasiga taqdim etildi.

Shu bilan birga institutda ta’lim sifatini oshirish maqsadida 2018/2019 o’quv yili o’quv jarayoniga yuqori malakali xorijiy olimlar, o’qituvchi va mutaxassislarning keng jalb qilishga qaratilgan ishlar olib borilmoqda. Jumladan Andijon mashinasozlik institutining Xalqaro aloqalar bo’limi va beshta kafedra tomonidan 10 ta xorijiy oliy ta’lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot markazlari bilan keliShuvlar va shartnomalar imzolandi. Bular, N.E. Bauman nomli Moskva Davlat Texnika Universiteti, Novosibirsk Davlat Texnika Universiteti, Boshqirdiston Davlat Agrar Universiteti, Ufa Davlat neft Universiteti, Rusen universiteti (Bolgariya), Ukraina Milliy Universiteti, SHinxan Universiteti (Janubiy Koreya), “Senmon Kyouiku Publishing Co” o’quv markazi (YAponiya), Setubal politexnika institut (Portugaliya), Riga Texnika Universiteti (Latviya) bilan shartnomalar imzolangan. Hozirda yana 5 ta xorijiy OTMlar bilan keliShuvlar asosida imzolash uchun shartnomalar loyihalari tayyorlangan. Xorijiy OTMlar bilan hamkorlik asosida o’quv jarayoniga ilg’or xorijiy tajribalarini joriy etish, ta’lim-tarbiya va ilmiy-tadqiqotlar sifati va samarasini oshirish ko’zlangan.

Quyidagi xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik haqidagi keliShuv loyihalari tayyorlandi:

  • Shimoliy Xitoy texnologik universiteti (Xitoy Xalq Respublikasi).
  • O’sh davlat universiteti (Qirg’iziston Respublikasi).

Joriy yilning 21 may kuni O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining xamda Amerika Qo’shma SHtatlarining O’zbekistondagi elchixonasining xamkorligi asosida Kaliforniya universiteti professori Kurt Shurgers Andijon mashinasozlik institutiga “Fulbright” dasturi doirasida tashrif buyurib, professor-o’qituvchilar va talabalarga 2 ta ma’ruza o’qib berdi.

Yuqoridagilar bilan birga qarorda har bir oliy ta’lim muassasasida 1-kurs davomida saralab olingan eng iqtidorli talabalar uchun alohida guruhlar tashkil etish, 2-kursdan ularni o’qitishni alohida o’quv reja va dasturlar asosida amalga oshirish, ushbu toifadagi talabalarni magistraturaga maqsadli qabul qilish va bu orqali oliy ta’lim muassasalari kafedralari uchun malakali kadrlar tayyorlash tizimini joriy etish vazifasi yuklatilgan bo’lib, institutda ushbu jarayon rektor U.R. Salomov tashabbusi bilan bir muncha vaqtliroq boshlangan bo’lib, bunda “Andijon mashinasozlik institutida  mutaxassislik fanlarini ingliz tilida o’qitishni tashkil etish bo’yicha CHora-tadbirlar rejasi” ishlab chiqildi va bu asosida ishlar tashkil etildi.

2017/2018 o’quv yilida ana Shunday guruxlarni shakllantirish maqsadida 2017 yil  sentyabr oyida 1-kurs talabalari orasida tuShuntirish va targ’ibot ishlari olib borilib, fakultetlar kesimida talabalar ro’yxati shakllantirildi. Mart – aprel oylari davomida qo’shimcha saralash imtihonlari o’tkazildi. Sinovlar asosida saralab olingan talabalar tarkibidan “Iqtidorli talabalar” 273-I 17 va 274-I 17 guruhlari 1 kurslarda, 275-I 16 guruhi 2 kursda tashkil etildi, ularning o’qishi “Avtomobilsozlik va traktorsozlik”, “Er usti transport tizimi va ularni ekspluatatsiyasi”, “Mashinasozlik texnologiyasi, mashinasozlik ishlab chiqarish jixozlash va avtomatlashtirish” yo’nalishlari o’quv rejalari xamda “GM-Uzbekistan” AJ va butlovchi korxonalar talablaridan kelib chiqqan holda yetakchi horijiy OO’YU o’quv dasturlari asosida tuzilgan dasturlar bo’yicha ingliz tilida tashkil etildi.  Shu bilan birga “Iqtidorli talabalar” guruhlarining o’quv mashg’ulotlari modul tizimi asosida “5+1 modeli” bo’yicha tashkil etilib, ularning dars jadvali blok tizimida ishlab chiqilgan.

 Ushbu guruhlarni dars jadvallari tayyorlanib, o’quv mashg’ulotlari doimiy ravishda o’tkazilmoqda. Ushbu guruxlarga dastlab birinchi blok darslari: Kimyo (Chemistry), CHizmachilik (Drawing), Matematika (Mathematics), Fizika (Physics) hamda Ingliz tilidan “YOzish” va “O’qish” (Reading & Writing) “Tinglash” va “So’zlashish” (Listening & Speaking) fanlaridan darslar olib borilgan bo’lsa, xozirda “Avtomobilsozlik va traktorsozlik” “Er usti transport tizimi va ularni ekspluatatsiyasi”, “Mashinasozlik texnologiyasi, mashinasozlik ishlab chiqarish jixozlash va avtomatlashtirish” yo’nalishlari o’quv rejalaridagi mutaxassislik fanlaridan xam olib borilildi.

Dars mashg’ulotlari Turin Politexnika Universiteti Toshkent filiali o’qituvchilari, Janubiy Koreya davlatining KOICA dasturi volontyori CHo Leon Von xamda institutning yetakchi professor-o’qituvchilari tomonidan o’tildi.

2018/2019 o’quv yilida ushbu jarayonni yanada rivojlantirish hamda Prezidentning 3775-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida darslarni ingliz tilida olib boruvchi iqtidorli talabalar guruhlari koordinatori etib bir nechta xorijiy malakatlarda tajriba oshirgan “Mashinasozlik ishlab chiqarishini avtomatlashtirish” kafedrasi katta o’qituvchisi J.Raxmatullaev tayinlandi. Shu bilan birga ushbu jarayonni yanada rivojlantirish hamda “Iqtidorli talabalar guruhlari”ning o’quv jarayonini yanada muvofiqlashtirish maqsadida ularning o’quv reja va dasturlarini xorijiy OTMlar tajribalari asosida tuzish bo’yicha ishlar amalga oshirilmoqda.

Talabalarni fanlarni o’zlashtirishi va bilimini baholash masalalari bo’yicha qarorda nimalar yoritilgan? 

-Ushbu yo’nalishda O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tasarrufida oliy ta’lim muassasalari mavjud vazirlik va idoralar bilan birgalikda hal etilishi zarur bo’lgan vazifalar ko’rsatilgan bo’lib, ular quyidagilardan iborat:

1) ikki oy muddatda Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi to’g’risidagi nizomni ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlash, bunda asosiy e’tiborni:

baholash tizimi va mezonlarini uzluksiz ta’lim tizimining bosqichlariga muvofiqlashtirishga;

ta’lim yo’nalishlarining o’ziga xos jihatlarini inobatga olgan holda talabalar bilimini baholashning zamonaviy, shaffof va adolatli (avtomatlashtirilgan, portfolio, test sinovlari, ijodiy ish, antiplagiat va h.k.) usullarini, Shu jumladan muayyan fandan dars bergan pedagogning yakuniy nazorat jarayonlaridagi ishtirokini istisno etadigan tizimni joriy etishga;

semestr yakuni bo’yicha akademik qarzdor talabaning qayta topshirishi mumkin bo’lgan fanlar sonini belgilashga va ularni topshirish muddatini o’zgartirishga qaratish;

2) 2018 yil 1 dekabrgacha bo’lgan muddatda oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini yakuniy davlat attestatsiyasidan o’tkazish tartibini yanada takomillashtirish yuzasidan tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlash;

3) 2019 yil 1 martgacha bo’lgan muddatda 2019/2020 o’quv yilidan boshlab oliy ta’lim muassasalarida «talabaning o’zlashtirish darajasi — professor-o’qituvchilar faoliyatini baholashning asosiy mezoni» tamoyilini joriy qilishning aniq mexanizmlarini belgilash bo’yicha tegishli chora-tadbirlar ko’rish. Bunda ushbu tamoyil talablariga javob bermaydigan professor-o’qituvchilar bilan mehnat shartnomasini bekor qilishgacha bo’lgan choralar ko’rish belgilangan;

4) 2018/2019 o’quv yilidan boshlab oliy ta’lim muassasalari professor-o’qituvchilarining vaqtini o’quv jarayoniga xos bo’lmagan ishlarga sarflashning oldini olish hamda ularni talabalar bilan ko’proq ishlashga yo’naltirish, Shu jumladan «ustoz — shogird» tizimini joriy etish maqsadida o’quv yuklamalarini hisobga olgan holda professor-o’qituvchilar «vaqt me’yorlari»ning yangi mexanizmlarini ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlash belgilangan.

Shu bilan birga oliy ta’lim muassasalarining professor-o’qituvchilarini ularning vazifalari va faoliyat yo’nalishlari bilan bog’liq bo’lmagan yig’ilishlarga va boshqa tadbirlarga jalb etish taqiqlanishi ko’rsatilib, Davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari, barcha darajadagi hokimlar mazkur talabni buzganligi uchun egallab turgan lavozimidan ozod etishgacha bo’lgan shaxsiy javobgarligi to’g’risida qat’iy ogohlantirishlari ko’rsatib o’tilgan.

Bundan chiqdi oliy ta’lim muassasalari professor-o’qituvchilari faoliyatiga bo’lgan talablarda ham o’zgarishlar bo’lar ekanda?

-Ha albatta, qarorga ko’ra barcha oliy ta’lim muassasalarida samarali jamoatchilik nazoratini joriy etish maqsadida talabalar, ota-onalar, YOshlar ittifoqining oliy ta’lim muassasalaridagi faollari, kadrlar buyurtmachilari, professor-o’qituvchilar hamda fuqarolik jamiyati institutlari vakillaridan iborat tarkibda jamoatchilik kengashlari tashkil etilishi belgilangan bo’lib, quyidagilar jamoatchilik kengashlarining asosiy vazifalari etib belgilangan:

ta’lim sifati, professor-o’qituvchilarning bilimi va pedagogik mahorati, talabalarga yaratilgan shart-sharoitlar ustidan tizimli ravishda monitoring o’rnatish;

oliy ta’lim muassasalariga professor-o’qituvchilar tarkibiga ishga qabul qilinayotgan nomzodlar bo’yicha tavsiyalar berish;

talabalarning murojaatlarini ko’rib chiqish, ularning pedagog kadrlar haqidagi fikrini to’liq o’rganish maqsadida ijtimoiy so’rovlar o’tkazish;

oliy ta’lim muassasasidagi ta’lim jarayonini takomillashtirish bo’yicha takliflar tayyorlash va muassasaning tegishli kengashi muhokamasiga kiritish.

Jamoatchilik kengashi faoliyatini tashkiliy jihatdan ta’minlash YOshlar ittifoqining oliy ta’lim muassasasidagi yetakchisi tomonidan amalga oshirilishi belgilab qo’yilgan.

Shu bilan birga 2018 yil 1 sentyabrdan boshlab oliy ta’lim muassasalariga professor-o’qituvchilar tarkibiga ishga qabul qilish tegishli kafedraning kengaytirilgan ochiq majlisida pedagog kadrlar va jamoatchilik kengashining a’zolari ishtirokida sinov darsi o’tkazish natijalari bo’yicha ushbu majlisning tavsiyasiga ko’ra amalga oshirilishi belgilangan.

Yurtimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirok etish masalasida qanday ishlar rejalashtirilgan?

-Andijon mashinasozlik instituti rektori U.R. Salomov  va prorektorlarning mamlakatni isloh qilish jarayonida faol ishtirok etish yuzasidan kompleks chora-tadbirlar “Yo’l xaritalari” ishlab chiqilgan.

          Mazkur yo’l xaritalari Vazirlikning 2018 yil 27 iyundagi 504-sonli buyrugi, 87-02-1582-sonli xatlaridan kelib chiqib yo’l xaritalari qayta ishlab chiqilib Vazirlik tomonidan tasdiqlandi.

O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 28 iyundagi “Ishchi guruh tashkil etish to’g’risida”gi 565-sonli buyrug’ining ijrosini ta’minlash maqsadida institutning 2018 yil 29 iyunda 565 -sonli ichki buyrug’i ishlab chiqilib, institut talabalarini ilmiy faoliyatga yo’naltirish va ularda innovatsion fikrlashni shakllantirish bo’yicha chora-tadbirlar dasturi loyihasini hamda institut faoliyatining sifati va raqobatbardoshligini ta’minlovchi xorijiy ilg’or tizimlarni boshqaruv va ta’lim jarayoniga joriy etish bo’yicha takliflarni ishlab chiqish bo’yicha Ishchi guruh tarkibi 7 kishidan iborat etib  tasdiqlandi.

X.Vasiyev – Andijon mashinasozlik instituti matbuot va axborot xizmati xodimi suxbatlashdi