Ishonch raqami: (+998) 742234711 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     Andijon mashinasozlik instituti majlislar zalida institut o’quv ishlari bo’yicha prorektori dots. Q.Ermatov boshchiligida majlis o’tkazildi.

     Yig’ilishda fakultet dekanlari va o’rinbosarlari, kafedra mudirlari hamda bo’lim boshliqlari ishtirok etdi.

     Yig’ilishni institut o’quv ishlari bo’yicha prorektori dots. Q.Ermatov olib borar ekan, joriy yilning 18 iyul kuni Andijon Davlat universitetida Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan o’tkazilgan videoselektor tafsilotlari to’g’risida ma’lumot berib o’tdi.

     Videoselektorda ishtirok etgan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisi R.Qosimov hamda O’zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi mas’ul xodimi A.Mavlonov tomonidan ta’lim tizimida korruptsiyani yo’qotib bo’lmayotganligini, o’tgan davr mobaynida ta’lim tizimidagi 83 ta korruptsiyaga oid holatlarning 40 tasi aynan oliy ta’lim muassasalari bilan bog’liq ekanligini hamda bu holatlarning aksariyati qabul jarayoni bilan bog’liq ekanligi aytib o’tilgan.

 

     Videoselektorda berilgan topshiriqlarga asosan Q.Ermatov institut professor-o’qituvchilari tomonidan o’z ishlariga halol va vijdonan yondoshishlari kerakligi, insonni zalolatga boshlovchi korruptsiyadan uzoqda bo’lishi zarurligi, korruptsiyaning salbiy ko’rinishlari va oqibatlari, 2018/2019 o’quv yili uchun qabul jarayonini holis va adolatli o’tkazish zarurligi to’g’risida fikr-mulohazalar bildirib o’tdi. Bu borada O’zbekiston Respublikasining 2017 yilning 3 yanvar kungi “Korruptsiyaga qarshi kurashish to’g’risida”gi O’RQ-419-sonli qarorida ko’rsatib o’tilgan bandlarga to’liq amal qilish har bir professor-o’qituvchining burchi va vazifasi ekanligini yana bir bor eslatib, qarorni o’qib eshittirdi.

     Yig’ilishda institut o’quv-uslubiy bo’limi boshlig’i M.Jo’raxonov, “Mashinasozlik texnologiyasi” fakulteti dekani dots. M-A.Eshonovlar so’z olishib, o’zlarining fikr-mulohazalarini bildirib o’tishdi.

    Yig’ilish so’nggida Q.Ermatov  fakultet dekanlari, kafedra mudirlari  va bo’lim boshliqlariga o’z yig’ilishlarini o’tkazib, unda “Korruptsiyaga qarshi kurashish to’g’risida”gi O’RQ-419-sonli qarorni barcha professor-o’qituvchilar va xodimlarga yana bir bor o’qib eshittirishni, bugungi kunda qabul jarayoni munosabati bilan “Favqulotda holat” ekanligi bois mas’uliyatni yanada oshirish bo’yicha topshiriq va ko’rsatmalar berdi.

X.Vasiyev – Andijon mashinasozlik instituti, matbuot va axborot xizmati xodimi