Ishonch raqami: (+998) 742234711 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspektsiyasi tomonidan ilk marotaba O’zbekistondagi oliy ta’lim muassasalari reytingi aniqlandi. Bu haqida Ta’lim sifatini nazorat qilish inspektsiyasi rasmiy saytida e’lon qilindi.

Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspektsiyasi tomonidan rivojlangan davlatlarning ilg’or tajribasi hamda THE (Times Higher Education), QS (Quacquarelli Symonds), ARWU (Academic Ranking of World Universities) kabi yirik reyting agentliklari uslublarini o’rgangan holda ilk marotaba yurtimizdagi oliy ta’lim muassasalari reytingi aniqlandi.

Oliy ta’lim muassasalari reytingi 23 ta indikator asosida baholandi.
Mazkur indikatorlar asosida shu yilning mart-iyun oylarida 57 ta oliy ta’lim muassasalari faoliyati tahlil qilindi va tajriba-sinov tariqasida ularning 2018 yil 1 yanvar holatiga reytingi ishlab chiqildi.
Unga ko’ra kuchli 10 talik oliy ta’lim muassasalari ro’yxati:
1. O’zbekiston milliy universiteti
2. Toshkent davlat sharqshunoslik instituti
3. Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti
4.Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat instituti
5. Samarqand davlat universiteti
6. Toshkent tibbiyot akademiyasi
7. Toshkent davlat stomatologiya instituti
8. O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti
9. Toshkent temir yo’l transporti muhandislari instituti
10. Toshkent axborot texnologiyalari universiteti …

Reytingda quyi pog’onani egallagan 10 ta oliy ta’lim muassasalari ro’yxati:
48. Namangan muhandislik-texnologiya instituti
49. Navoiy davlat pedagogika instituti
50. Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti
51. Qarshi davlat universiteti
52. Jizzax politexnika instituti
53. Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti
54. O’zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti
55. Milliy rassomlik va dizayn instituti
56. Jizzax davlat pedagogika instituti 
57. Qo’qon davlat pedagogika instituti.
Bundan tashqari 4 soha bo’yicha reytinglar xam shakllantirildi.

Hozirgi kunda Inspektsiya tomonidan ta’lim muassasalari milliy reyting tizimi uchun alohida veb portal ishlab chiqilmoqda. YAqin kunlarda oliy ta’lim muassasalari reytingiga oid to’liq ma’lumot barcha uchun ochiq e’lon qilinadi.