Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

Institut reytingi va ta’lim sifatini oshirish hamda institutda professor-o’qituvchilar uchun tashkil etilgan axborot-kommunikatsiya va chet tillari bo’yicha o’quv kurslari faoliyatining samarasini o’rganish maqsadida ushbu fanlardan sinovlar o’tkazildi. Test sinovlarining savollari “Xorijiy tillar” va “Axborot texnologiyalari” kafedralari o’qituvchilari tomonidan axborot-kommunikatsiya va chet tillari bo’yicha o’quv kurslari dasturlari asosida ishlab chiqildi. Test sinovlari Mashinasozlik fakultetining kopyuter zalida bo’lib o’tdi. Test jarayonini ta’lim sifatini nazorat qilish bo’limi boshlig’i M.YUsupova va kafedra mudirlari X.Sarimsaqov va N.Mirzaevalar nazorat qildilar.