Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

         2018 yil 16-17 may kunlari Andijon mashinasozlik institutida “Avtomobilsozlik va traktorsozlik” yo’nalishi mutaxassislik fanlari bo’yicha respublika talabalar fan olimpiadasining  II bosqichi o’tkazildi. Olimpiadaning  II bosqichi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining  2015 yil 7 apreldagi  “Oliy ta’lim muassasalari  talabalari respublika fan olimpiadasi to’g’risida”gi №123-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan Nizomga asosan tashkil qilindi. Olimpiada respublikamizning oliy o’quv yurti vakillari ishtirokida jami 4 tur bo’yicha o’tkazildi.

16 may kuni birinchi turda qatnashchilar «Mashinasozlik texnologiyasi asoslari» fanidan nazariy savollar bo’yicha sinov o’tkazildi, ikkinchi turda «Avtomobillar va traktorlar konstruktsiyasi» fanidan yozma ish topshiriqlarini bajardilar.

 

17 may kuni  qatnashchilar uchinchi turda «Transport vositalarini avtomatlashtirilgan loyihalash tizimlari»  fanidan amaliy topshiriqlarni bajarishdi va «Ergonomika va dizayn asoslari» fanidan test sinovidan o’tkazildi.

  

             Olimpiada yakuniga ko’ra 1-o’rinni Andijon mashinasozlik instituti 4-kurs talabasi Mirzaxamdamov Jasur (ilmiy rahbar AndMI «Avtomobilsozlik» kafedrasi mudiri t.f.n., dots. T.O.Almataev), 2-o’rinni Urganch Davlat universiteti 4-kurs talabasi Qurbonboyev Hamidbek (ilmiy rahbar UrDU «Transport tizimlari» kafedrasi o’qituvchisi A.Y.Ataxanov), 3-o’rinni Jizzax politexnika instituti talabasi Ibragimov SHohrux (ilmiy rahbar «EUTT» kafedrasi dotsenti, t.f.n. O.K.Adilov) egalladilar.

            SHuningdek nomutaxassis yo’nalish sifatida tanlovdan tashqari qatnashgan Toshkent shaxridagi Turin politexnika universiteti talabasi Xakimov Rasuljon (ilmiy rahbar TTPU rektori, t.f.d., prof. Q.A.SHaripov) va tanlovdan tashqari qatnashgan Andijon mashinasozlik instituti talabasi Solmonov Abdullo (ilmiy rahbari t.f.f.d. B.A.Qayumov) rag’batlantiruvchi AndMI diplomlari bilan taqdirlandilar.