Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

2018 yil 14 iyun kuni institutning O’quv ishlari bo’yicha prorektor Q.Ermatov boshchiligida qabul komissiyasining birinchi yig’ilishi o’tkazildi.

Yig’ilishda Q.M.Ermatov O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 8 iyundagi “Respublika oliy ta’lim muassasalariga 2018/2019 o’quv yili qabulini yuqori saviyada tashkil etish to’g’risida”gi 511-sonli va 2018 yil 12 iyundagi “Vazirlik tasarrufidagi oliy ta’lim muassasalarining 2018/2019 o’quv yili bo’yicha qabul komissiyasi mas’ul kotiblarini tayinlash to’g’risida”gi 527-sonli buyruqlarini yig’ilganlarga o’qib eshittirdi hamda   institut qabul komissiyasi mas’ul kotibi etib “Avtomatika va elektrotexnika” fakulteti dekani Turg’unov Tursunboy Sobirovich tasdiqlanganligini bildirdi.  

2018/2019 o’quv yili qabulini yuqori saviyada o’tkazish bo’yicha tadbirlar rejasini ishlab chiqish va uning bajarilishini ta’minlash, qabul komissiyalari tarkibini tajribali, halol, pok, mas’uliyatli professor-o’qituvchi va xodimlardan shakllantirish, qabul komissiyasi har bir a’zosiga yuklatiladigan vazifalarini belgilash va talab darajasida bajarilishini ta’minlash, abituriyentlardan hujjatlarni qabul qilish, abituriyentlarga maslahatlar tashkil etish, fuqarolar qabulini joy, kun va soatlari aniq ko’rsatilgan jadvalini ishlab chiqish va jadval asosida amalga oshirish, abituriyentlardan hujjatlarni qabul qilish (15 iyundan 15 iyulgacha abituriyentlar va  natijalarni e’lon qilish davrida ularning ota-onalariga hordiq chiqarishlari uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish, qabul komissiyalari faoliyat ko’rsatayotgan joylarda abituriyentlar va ularning ota-onalari ovqatlanish maskanlarini tashkil etish va ularni faoliyat ko’rsatishini ta’minlash hamda ularda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash choralarini ko’rish bo’yicha masalalarga to’xtalib o’tildi va mas’ul kotib,  fakultet dekanlari, kafedra mudirlari va bo’lim boshliqlariga 2018/2019 o’quv yili qabulini yuqori saviyada o’tkazish bo’yicha konkret topshiriqlar berdi.

Institut qabul komissiyasi mas’ul kotibi T.S.Turg’unov qabul komissiyasi faoliyat ko’rsatadigan joylarni qabulga oid me’yoriy hujjatlar, statistik ma’lumotlar, yangilangan kasbga yo’naltiruvchi targ’ibot-tashviqot lavhalari, fanlar bo’yicha dasturlar, maslahatlar jadvali, e’lonlar va boshqa zarur ma’lumotlar bilan jihozlash yakunlanayotganlini, Abituriyentlar, ularning ota-onalari bilan bevosita muloqot qilgan holda ularda yuzaga kelgan turli savollar bo’yicha tushuntirish va maslahatlar berishni ko’zda tutib, institut qabul komissiyasi huzurida Axborot-maslahat markazlari tashkil etilganligini  bildirdi.

So’ng qabulni boshlanish kuni bo’lgan 15 iyun Ramazon hayitining birinchi kuniga to’g’ri kelib qolganligi munosabati bilan Qabul komissiyasining navbatchilik grafigi ishlab chiqilganligini aytib uni o’qib eshittirdi. Har bir navbatchi qabul jarayoni bilan bog’liq(elektron) ma’lumotlarni har kuni (15-17 iyun) 2 marta soat 13.00 va 19.00da Vazirlikning navbatchilik shtabiga yetkazib turishi lozimligini ta’kidladi.