Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

Institutda 2018 yil 9 iyun kuni 2018-2019 o’quv yiliga samarali tayyorgarlik ko’rish ishlarini tashkillashtirish bo’yicha navbatdagi yig’ilish o’tkazildi Yig’ilishni  O’quv ishlari bo’yicha prorektor Q.Ermatov olib bordi.  Unda Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektor N.Ikromov, Ilmiy ishlar bo’yicha prorektor B.Mamadjanov, Moliya-iqtisod ishlari bo’yicha prorektor S.A’zamov, barcha fakultetlar dekanlari, bo’limlar boshliqlari va kafedra mudirlari qatnashdilar. Yig’ilishda quyidagi masalalarga e’tibor qaratildi:

  1. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 iyundagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan kengqamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PQ-3775 qarori to’g’risida (Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektor N.Ikromov).
  2. Vazirlikning 2018 yil 7 iyundagi 504-sonli buyrug’idan kelib chiqib institutni yangi 2018/2019 o’quv yiliga tayyorlash bo’yicha harakat dasturi va u asosida yo’l xaritasini ishlab chiqish to’g’risida (O’quv ishlari bo’yicha prorektor Q. M. Ermatov, O’quv-uslubiy bo’lim boshlig’i         Jo’raxonov).
  3. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 4 iyundagi “2018/2019 o’quv yilida O’zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o’qishga qabul qilish to’g’risida”gi PQ-3769 qaroridan kelib chiqib institut qabul kvotasi to’g’risida(Marketing bo’limi boshlig’i N.Ibragimov);
  4. Professor-o’qituvchilar o’rtasida axborot-kommunikatsion texnologiyalari va chet tillari bo’yicha test sinovlarini o’tkazish to’g’risida(Ta’lim sifatini nazorat qilish bo’limi boshlig’i M.YUsupova);
  5. Vazirlikning 2018 yil 26 maydagi 87-02-1203 sonli xati va institut Kengashining 2018 yil 26 maydagi 7/9-qaroridan kelib chiqib professor-o’qituvchilarning “SHaxsiy ish rejasi”ning bajarilishi xaqida (Monitoring va ichki nazorat bo’limi boshlig’i G.Bozorova).

Yig’ilishda ko’rilgan masalalalar bo’yicha tegishli qarorlar qabul qilindi va mutasaddilarga kerakli topshiriqlar berildi.