Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

     Bugungi tez o’zgaruvchan iqtisodiy-ijtimoiy va ma’naviy hayotimizda biz o’quvchi yoshlarning dunyoqarashini shakllantirishda yangi pedagogik interfaol metodlardan keng foydalanishni taqozo qiladi. An’anaviy mashg’ulotlar olib borish asta-sekin o’z o’rnini intensiv va interfaol metodlarga, noan’anaviy dars o’tish shakllariga bo’shatib bermoqda. Shunday kunlarning birida institutimizning bir o’qituvchisi bilan suhbatda bo’ldik.

     “Siz qisqa vaqt ichida butun bir universitet ilmiga ega bo’lish mumkunligiga ishonasizmi?”- deb gap boshladi ustozimiz. “Shaxsiy ishlaringizga va vaqtingizga zarar yetkazmay o’qing, olgan bilimlaringizni amaliyotda qo’llang, muvaffaqiyatga erishing”- deb jilmaygancha gapida davom etdi.

     «Biznes boshqaruvchi – Standart» va «Biznes boshqaruvchi – Professional» kurslar dasturimizning  ko’p yillik tajribasiga  asoslanib tashkillashtirilgan.

     Dunyo  standartlariga mos keladigan, amaliyotga yo’naltirilgan BBK-Standart kurslarining o’quv dasturi biznes sohasidagi real faktlar  va  amaliy yechimlarni o’z ichiga oladi. Dasturni o’zlashtirgandan so’ng biznes sohasida dunyoda to’plangan chuqur bilim va tajribaga  ega bo’lasiz.

     “Agarda ushbu o’quv kursini tashkil qila olsak”- deydi dotsent Abdulvaxob Abdulxayevich, tinglovchilarning shu kungacha ma’lum mutaxassislikka ega bo’lgan bilimlarining muvaffaqiyat garovi bo’lar edi. Bizda olgan bilimlaringiz maqsadlaringizga erishishga hamda biznes va boshqaruv sohalarida ulkan muvaffaqiyatlarga erishishga yordam beradi.

     Xozirgi innovatsion texnologiyalar asrida yoshu-qarining  shijoati va bunday biznes loyihalari tahsinga loyiqdir. Domla bilan suhbatda  bo’lganimizda ularning bu g’oyasini ilmiy-ma’rifiy tarzda bizga tushuntirishi bizda katta qiziqish uyg’otdi va agarda ushbu loyiha tezroq amalga oshirilsa barcha yoshlar loyihada keltirilgan bilimlarni tezroq egallagan bo’lar edik. Domlaning shu kungacha to’plagan bilimlarini  biz g’o’r, tajribasiz talaba yoshlarga qoldirib ketishga bo’lgan intilishi va bunga xarakat qilayotgani albatta biz yosh talabalarni befarq qoldirmaydi. Domla bilan suhbatda angladik-ki, kitobni tez o’qish, miyya faoliyatini faolashishiga, imtihonlarda esa vaqtdan yutishga erishilar ekan. Domlaning  maslaxatiga amal qilib biz ham bu tajribani sinab ko’rdik, to’risini aytganda oson bo’lmadi. Tez o’qiy oldik, lekin kitobning mazmuniga to’liq tushuna olmadik. Domlaning  aytishicha  shu  zayilda o’qishda davom etsak, tez orada kitobni ham tez o’qiymiz, ham mazmunini tez tushuna olishga erishar ekanmiz. Bunga albatta tajribani oshirish lozim bo’ladi.

     Suhbat yakunida xonadan tashqariga chiqqanimizda xayotga boshqacha nazar bilan qarayotganday bo’ldik, chunki dotsent Abdulvaxob Abdulxayevich bilan suhbatimiz bizni tafakkurimizni bir qancha boyitganini sezdik, endi biz oddiy talaba emas edik. Bilamizki, “Kitob – bu oftob”dir, lekin ushbu oftobni taftini albatta dotsent Abdulvaxob Abdulxayevichday ustozlar kerakli tarafga yetarlicha yo’naltira oladilar. Biz talabalar shunday o’qituvchi ustozlarimizga “Raxmat ustozlar, ko’p yashanglar, bizday yoshlarga bilim berishda xorimang-tolmang” deb qolamiz.

 

MTMICHJA (rus) 2-kurs 194-guruh talabalari Rustambekova Shoxista va To’ychiyeva Lola