Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

      Qutlug’  Ramazon oyi munosabati  bilan Andijon viloyati hokimligi hamda Andijon mashinasozlik instituti hamkorlikda O’zbekiston Musulmonlari idorasi tomonidan tashkillashtirilgan “Qur`on musobaqasi” Respublika bosqichi g’oliblari Rasulxon qori hamda Alisher qori ishtirokida institut professor-o’qituvchilari, xodimlar hamda talabalar bilan tadbir tashkil etildi. Dastlab muhtaram Prezidentimizning Respublika miqyosida “Qur`on musobaqasi”ni tashkil etish to’g’risidagi taklifi aks etgan videolavha tadbir qatnashchilariga namoyish etildi. Shundan so’ng institut rektori U.R.Salomovning tabrigini A.Ermatov o’qib eshittirdi.

         Andijon viloyati hokimining ma`naviyat va ma`rifat ishlari bo’yicha yordamchisi Murodjon G’ofurov qatnashchilarga viloyat hokimi Sh.Abdurahmonovning tabrik va dil so’zlarini yetkazar ekan, tashkil etilgan tadbir ahamiyatini yuksak baholadi hamda institut rahbariyatiga hokimlikning kitoblar jamlanmasini taqdim etdi.

          Taklif etilgan mehmonlar ham ayni ramazon oyida Qur`oni Karim nozil bo’lgani va mazkur oyda tilovat qilishlik ulkan savob ekanligini ta`kidlab o’tishdi hamda go’zal qiroat bilan Qu`ron tilovat qildilar.