Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

Baliqchi tumanida kitob bayrami o‘tkazildi.

O‘zbekiston Prezidentining “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq Andijon viloyati hokimligi tomonidan tashkilk qilingan  “Kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish—buyuk maqsadlarimizga erishishning muhim kafolatidir” shiori ostida Baliqchi tumanining turli hududlarida 3 iyun kuni “Kitob bayrami” tadbirlari o‘tkazildi. Andijon mashinasozlik institutidan Boshlsng’ich Xotin-qizlar qo’mitasi, Ma’naviyat markazi, Axborot resurs markazi, Ijtimoiy fanlar kafedrasi, Xorijiy tillar kafedrasi, O’zbekiston tarixi kafedrasi a’zolari Baliqchi tibbiyot kollejida o’tkazilgan tadbirda faol ishtirok etdilar.Andijon viloyatidan faollar va yozuvchi shoir va shoiralar, O’zbekiston tarixi kafedrasidan D.Iymanovalar so’zga chiqdilar. Adabiyotga e’tibor-kelajakka, ma’naviyatga etibor mavzusida ma’ruzalar tinglandi.