Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

       2018 yil 4 iyun kuni institutning katta anjumanlar zalida Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 30 maydagi 87-02-1228-sonli modemnomasida belgilangan vazifalarni ijrosini ta’minlash maqsadida “Biz diniy ekstremizm va terrorizmga qarshimiz!” mavzusida o’tkazilgan ma’rifiy uchrashuv o’tkazildi.

        Uchrashuvda Davlat havfsizlik xizmati viloyat boshqarmasi boshlig’i o’rinbosari Abrorbek Abdurashidov, Andijon viloyat “Said Muhitdin Mahdum” islom bilim yurti mudiri Mirzamaksud Alimovlar ishtirok etdilar.

         Ma’rifiy tadbirni institutning Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektori N.Ikromov kirish so’zi bilan ochib, ma’rifiy tadbirga tashrif buyurgan mehmonlarni barcha tadbir ishtirokchilariga tanishtirdi.

        Shundan so’ng, barcha ishtirokchilarni O’zbekiston milliy televideniesi tomonidan suratga olingan 30 daqiqalik “Tafakkur ehtiyoji” nomli hujjatli filmi namoyish etildi.

       Videofilm namoyishidan so’ng so’z Andijon viloyat “Said Muhitdin Mahdum” islom bilim yurti mudiri Mirzamaksud Alimovga berildi.

       M.Alimov o’z so’zida, dunyoning bir qator davlatlarida hukm surayotgan terroristik muhit, butun dunyo hamjamiyatini tashvishga solayotgan diniy ekstremizm va terrorizmning kundan-kunga yangicha ko’rinishga kirib, yoshlar ongiga salbiy ta’sir ko’rsatayotganligi, ayniqsa, bu holat musulmon davlatlari bo’lmish Yaqin sharq va arab davlatlarida ro’y berayotganligi xususida gapirdi.

       Shuningdek, yig’ilishda M.Alimov institutda tahsil olayotgan talaba-larni ogohlikka, tinchlikning qadriga yetishlik, jamiyatimiz va yurtimiz taraqqiyoti yo’lida barchamiz birdek mas’ul ekanligimiz xususida to’htalib, O’zbekiston bilan qo’shni davlat Afg’onistonda 35 yildan buyon davom etayotgan fuqarolik urushi va uning oqibatlari, Suriyada ro’y berayotgan xunrezliklar to’g’risida ma’ruza qildi.

       Hozirgi kunda yoshlarga turli ijtimoiy tarmoqlar, mobil dasturlari va turli vositalardan axborot hurujlari orqali ta’sir qilishga urinishlar ko’p bo’lmoqda. Bu esa bizni doim ogoh bo’lishimiz zarurligini anglatadi deya o’z ma’ruzasiga yakun yasadi.

       Shundan so’ng, yig’ilishda institutning Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektori N.Ikromov so’zga chiqib, jahon hamjamiyatini tashvishga solayotgan terrorizm va diniy ekstremizmning salbiy oqibatlari va bu tartibsizliklar va fuqarolar urushidan o’z maqsad va manfaatlari yo’lida foydalanib, mazkur davlatlarni o’zlariga maskan qilib olayotgan terroristik tashkilotlar islom dinini va sha’nini bulg’ashda davom etayotganliklarini ta’kidlab o’tdi.

       Dunyo hamjamiyatini tashvishga solayotgan, din niqobi ostida faoliyat olib borayotgan turli diniy ekstre-mistik tashkilotlarning yoshlarni aldov yo’li bilan o’z saflariga qo’shib olayotganidan kelib chiqib, talaba-yoshlarni bunday guruhlar tahdididan doimo ogoh va hushyor bo’lishga da’vat etdi.

       Mamlakatimizda bunday illatlarga qarshi kurash borasida ko’pgina chora tadbirlar o’tkazilayotganligi haqida o’tirganlarga murojaat qilar ekan, barchaning diqqatini tayyorlangan mavzuga oid film taqdimotini ko’rganlarida bunga yanada ishonch hosil qilishlari hamda tegishli xulosalar chiqarishlari mumkinligini aytib o’tdi. Bugungi kunda yoshlar ongini buzishga, ularni to’g’ri yo’ldan adashtirishga qaratilgan turli xurujlar to’g’risida batafsil ma’lumotlar berib o’tdi.

       Shuningdek, prorektor N.Ikromov dunyo hamjamiyatini xavotirga solib kelayotgan terrorizm va diniy ekstremizm, missionerlik harakatlari kundan-kunga tomir yozib, xalqlar o’rtasidagi hamdo’stlik va totuvlik, diniy bag’rikenglik tamoyillariga tahdid solayotganligi, hozirgi kunda yoshlarga turli ijtimoiy tarmoqlar, mobil dasturlari va turli vositalardan axborot hurujlari orqali ta’sir qilishga urinishlar ko’p bo’lmoqda. Bu esa bizni doim ogoh bo’lishimiz zarurligini anglatadi deya o’z ma’ruzasiga yakun yasadi.

       O’tkazilgan uchrashuv mustaqil fikrlaydigan, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat bilan qaraydigan, qat’iy hayotiy e’tiqod va qarashlarga ega bo’lgan, milliy mentalitetimizga yot zararli ta’sirlarga qarshi turishga qodir yoshlarni tarbiyalashga qaratildi hamda barcha ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi. Tadbirda institutning Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektori N.Ikromov, O’zbekiston yoshlar ittifoqi institut BT yetakchisi B.Safarov, Avtomatika va elektrotexnika fakulteti dekani o’rinbosari M.To’lanov, Mashinasozlik texnologiyasi fakulteti dekani o’rinbosari E.Yulchiev, Mashinasozlik fakulteti dekani o’rinbosari R.Otaxonov hamda Avtomatika va elektrotexnika fakulteti, Mashinasozlik texnologiyasi fakulteti hamda Mashinasozlik fakultetining 210 dan ziyod talabalari hamda 15 nafar professor-o’qituvchilar qatnashdilar.