Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

Andijon mashinasozlik institutining asosiy binosida institut “Debator Union” klubining talabalari Andijon davlat universiteti “Victorious” komandasining iqtidorli talabalari o`rtasida Karl Popper debat o`yini bo`lib o`tdi. Debatni Andijon mashinasozlik instituti o`quv ishlari bo`yicha prorektor Qobiljon Ermatov ochib berdi va debat ishtirokchilariga omad tiladi. Shundan so`ng xalqaro bo`lim boshlig`i Z.Jo`rayev so`z oldi va barcha qatnashchilarga omadlar tiladi. Debatni xolis baxolab borish uchun Andijon taraqqiyot markazidan mutaxassislar taklif etildi. Debat boshlanishida ixtiyoriy mavzuda baxs olib borishlari uchun to`rtta mavzular tavsiya etildi. Taklif etilgan mavzulardan birini tanlagan ishtirokchilar, “Long term employment” mavzusida baxslashdilar. Uzoq baxslardan so`ng Andijon davlat universiteti “Victorious” komandasi 12.5 ball va “Debator Union” klubi ishtirokchilari 13.5 ball olishga erishdilar. Natijada “Debator Union” klubining iqtidorli talabalari g-olib bo`ldilar.

 

ADU jamoasi

AndMI jamoasi