Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

“Andijon teleradiokomponiyasi”da institutimiz qoshidagi Texnologiyalar markazidagi “Yosh olimlar” to`garagining bir nechta a`zolari “Mening innovasion loyiham” dasturida ishtirok etdilar. Jumladan, EEE yo`nalishi 172-guruh talabasi Mirzaraximov Abdulaxat “Smart street light” loyihasi bilan, EEE yo`nalishi 172-guruh talabasi G`ulomov Mo`minjon “Ant blink” loyihasi va TJICHAB yo`nalishi 175-guruh talabalari Mamazulunov Qudratbek va Raximberdiyev Xurshidbeklar “Green House” issiqxona loyihalari bilan ishtirok etdilar. Ular loyihani yaratishdan maqsadi haqida gapirib berdilar va ularning ishlash jarayonini ko`rsatib berdilar. Talabalarimiz tomonidan tayyorlangan ushbu loyiha ishlanmalari ko`pchilikda katta qiziqish uyg`otdi.