Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

2018 yil 30 may kuni institutning O’quv ishlari bo’yicha prorektor Q.Ermatov boshchiligida navbatdan tashqari yig’ilish o’tkazildi.

Yig’ilishda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 29 dekabrdagi “Respublika oliy ta’lim muassasalari reytingini baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 371-sonli qarori ijrosi yuzasidan hamda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Huzuridagi ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspektsiyasining 2018 yil 28 maydagi 88-01-3625 sonli xatiga asosan institutdan “Avtomobilsozlik va traktorsozlik” , “Elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyalari (mashinasozlik), “Mashinasozlik texnologiyasi, mashinasozlik ishlab chiqarishini jixozlash va avtomatlashtirish”  bitiruvchi talabalarini mutaxassislik fanlari bo’yicha bilim darajasini aniqlashga oid test sinovlari onlayn (masofadan turib real vaqt rejimida)  tarzda joriy yilning 4 iyun kuni ADUda o’tkazilishi yetkazildi.

SHu munosabat bilan Ta’lim sifatini nazorat qilish bo’limi boshlig’i M.YUsupova, fakultet dekanlari, o’quv uslubiy bo’lim boshlig’i M.Jo’raxonov va kafedra mudirlariga test sinovlariga jalb qilinayotgan har bir guruh talabalarini belgilangan joyga o’z vaqtidan kechikmay va o’zi bilan shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport) bilan kelishini ta’minlash hamda talabalarni test sinvlaridan muvaffaqiyatli o’tishini ta’minlash bo’yicha konkret topshiriqlar berildi.