Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

2018 yil 31 may kuni institutning katta anjumanlar zalida Bo’z tuman “Barkamol avlod” bolalar markazi tomonidan institutning “MTMICHA” yo’nalishining bitiruvchi talabalari bilan uchrashuv o’tkazildi.

Uchrashuvda Bo’z tuman “Barkamol avlod” bolalar markazi direktori A.Jagbarov, Monitoring mutaxassisi O.Qobulovlar ishtirok etdilar hamda Bo’z tuman “Barkamol avlod” bolalar markazi faoliyati, faoliyat olib boruvchi xodimlarnin majburiyatlari va vazifalari xususida yig’ilganlarga batafsil ma’lumotlar berildi.

SHuningdek, uchrashuv davomida institutni tamomlayotgan talabalar tomonidan o’zlarining qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan atroflicha javoblar oldilar. Tadbir yakunida, Bo’z tuman “Barkamol avlod” bolalar markazi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar to’g’risidagi videorolik va targ’ibot loyihasi namoyish etildi.

Uchrashuv tadbirida 10 dan ziyod professor-o’qituvchilar hamda 65 nafar talabalar ishtirok etdilar.