Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

Ushbu uchrashuv institutning katta majlislar zalida bo’lib o’tdi. Yig’ilishni institut o’quv ishlari bo’yicha prorektori Q.M.Ermatov kirish so’zi bilan ochib berdi va u yig’ilish qatnashchilarini “Artel” kompaniyasi bosh injener-texnologi Behzod Matkarimov bilan tanishtirdi.

SHundan so’ng “Artel” kompaniyasi Farg’ona viloyat filiali bosh injener-texnologi B.Matkarimov 2017/2018 o’quv yili bitiruvchilariga bitirganlaridan so’ng ishga joylashish yuzasidan tegishli axborot hamda tavsiyalarni berdi. Jumladan nomzodlarning umumkasbiy va kasbiy (professional) bilimlarini baholashda bitiruvchilar o’z yo’nalishlari bo’yicha to’rt yil olgan bilimlarini va maxoratlarini ko’rsatish kerakligini aytib o’tdi.

B.Matkarimov ixtisoslik bo’yicha bitiruvchilarga yetuk mutaxassis bo’lib ishga joylashish imkonlari hamda yoshlarning ma’naviy jihatdan barkamol bo’lib yetishishlarining ahamiyati haqida batafsil nutq so’zladi.

Uchrashuv so’ngida talabalar o’zlarining qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar hamda tegishlicha va to’laqonli javoblarni oldilar.