Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 22-martdagi “Xalqaro Rivojlantirish Assotsiatsiyasi ishtirokiagi oliy ta’lim muassasalari moddiy-texnika bazasini mustahkamlash loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-2848 sonli qarorida belgilangan vazifalarni to’laqonli bajarishilishini ta’minlash hamda loyiha doirasida Akademik innovatsiyalar fondi tanlovini samarali tashkil etish maqsadida joriy yilning 30-may kuni soat 10:00 da Andijan Davlat Universitetining kichik anjumanlar zalida seminar trening o’tkazildi.

Mazkur tadbir Ўzbеkiston Rеspublikasi Oliy va ўrta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 21 maydagi 449-sonli buyrugiining ijrosini ta’minlash doirasida o’tkazilgan bo’lib, sеminar trеningni Loyiha koordinatori B.Xamraеv, Akadеmik innovatsiyalar fondi dirеktori K.Abulniyozov va Akadеmik innovatsiyalar fondi assistеnti F.Xoltodjiеva olib bordi.

Seminar treningda Andijon Mashinasozlik institutining o’quv ishlari bo’yicha prorektori Qobuljon Ermatov va institutning Xalqaro aloqalar bo’limi boshlig’i Zafar Jo’rayev va bir guruh professor-o’qituvchilar ishtirok etishdi. Seminarda Akademik innovatsiyalar fondi tanlovini samarali tashkil etish, oliy ta’lim muassasalari tomonidan loyiha takliflarini to’g’ri taqdim qilish va tanlov qonun-qoidalari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.