Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

Institutda 2018 yil 28 may kuni 2017-2018 o’quv yili baxorgi semestrining yakuniy nazoratlarini boshlanishi munosabati bilan  navbatdagi yig’ilish o’tkazildi. Yig’ilishni  O’quv ishlari bo’yicha prorektor Q.Ermatov olib bordi.  Unda Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektor N. Ikromov, o’quv uslubiy bo’lim boshlig’i M. Jo’raxonov, dekanlar M. Eshonov, T. Turg’unov, M.Qo’chqarov, iqtidorli talabalar guruhi kordinatori SH. Ro’ziyev ishtirok etdi. Yig’ilishda quyidagi masalalarga e’tibor qaratildi:

  1. 2017/2018 o’quv yili 2-semestrida yakuniy nazoratlarni o’tkazilishi haqida (O’quv ishlari bo’yicha prorektor Q. M. Ermatov).
  2. Guruh jurnallarini yuritilishi haqida (O’quv-uslubiy bo’lim boshlig’i M.Jo’raxonov).
  3. Iqtidorli talabalar guruhida o’quv jarayonini tashkil etilishi va yakuniy nazoratlarni o’tkazilishi haqida (Iqtidorli talabalar guruhi kordinatori SH. Ro’ziyev).
  4. Ta’lim sifatini nazorat qilish Davlat inspektsiyasi tomonidan oktyabr oyida institut faoliyati o’rganilishi xaqida (O’quv ishlari bo’yicha prorektor Q. M. Ermatov).

Yig’ilishda ko’rilgan masalalalar bo’yicha tegishli qarorlar qabul qilindi va mutasaddilarga kerakli topshiriqlar berildi.