Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

2018 yil 26 may kuni Andijon mashinasozlik institutining anjumanlar zalida institutning navbatdagi Ilmiy kengashi bo’lib o’tdi.

Ilmiy kengashni institut rektori Salomov Uktam Rahimovich olib bordi. Ilmiy kengashda quyidagi masalalarga e’tibor qaratildi:

  1. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-2909-sonli qarori bo’yicha institutda olib borilayotgan ishlar haqida .(Institut rektori U.R. Salomov).
  2. Ijro intizomi va hujjatlar nazorati (O’zbekiston Respublikasining Hukumat qarorlari hamda farmoyishlari, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Hay’at qarorlari) hamda ushbu jarayonni amalga oshirish haqida.(Monitoring va ichki nazorat bo’limi boshlig’i G.G’. Bazarova)
  3. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 7 maydagi “Iqtisodiyot tarmoqlari va sohalariga innovatsiyalarni joriy etish mexanizmlarini takomillashtirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PQ-3698-sonli Qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida institutdagi innovatsion strategik yo’nalishlar bo’yicha bajarilgan ishlar hamda institut oldida turgan ustuvor vazifalar, istiqboldagi rejalar to’g’risida.(Ilmiy ishlar bo’yicha prorektor B.D. Mamadjanov).
  4. Talabalar Respublika Fan olimpiadasining I bosqichi yakunlari haqida.
  5. Bakalavriat ta’lim yo’nalishlarida Bitiruv malakaviy ishlari hamda Magistratura mutaxassisliklarida Magistrlik dissertatsiyalarining bajarilishi to’g’risida (O’quv ishlari bo’yicha prorektor Q.Ermatov)
  6. Institutdagi fakultet, kafedra hamda tarkibiy bo’linmalardagi ijro intizomi (Monitoring va ichki nazorat bo’limi boshlig’i G.G’. Bazarova)
  7. Andijon mashinasozlik instituti xalqaro aloqalar bo’limida 2017 yil va
    2018 yil birinchi chorak faoliyati yuzasidan bajarilgan ishlar hamda vazifalar haqida.

( Xalqaro aloqalar bo’limi boshlig’i Z.B. Jo’raev)

  1. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 29 martdagi “O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1999 yil 10 iyundagi PF-2326-son “Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini ta’sis etish bo’yicha takliflarni qo’llab-quvvatlash to’g’risida”gi Farmoniga o’zgartirishlar kiritish haqida”gi PF-5389-sonli Farmoni haqida.

         (Institut Xotin-qizlar qo’mitasi raisasi R.YUsupova)

  1. Andijon mashinasozlik instituti akademik litseyiga 2018/2019 o’quv yili uchun o’quvchilarni tanlab olish va saralash imtihonlarini o’tkazish to’g’risida.

         (Akademik litsey direktori A. Abdulazizov)

         Kengashda ko’rilgan masalalalar bo’yicha tegishli qarorlar qabul qilindi va mutasaddilarga kerakli topshiriqlar berildi.

SHu bilan birga yig’ilish ishtirokchilariga O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 7 maydagi “Iqtisodiyot tarmoqlari va sohalariga innovatsiyalarni joriy etish mexanizmlarini takomillashtirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PQ-3698-sonli Qarorining so’zsiz bajarilishini ta’minlash nazorat rejasiga muvofiq ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektorlar, ilm-fan bo’yicha direktor o’rinbosarining ishini tashkil etish hamda oliy ta’lim muassasalarida tashkil etiladigan innovatsion jamg’armalar va ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo’yicha bo’limlar faoliyatini samarali yo’lga qo’yish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan 2018 yil 26 may kuni o’tkazilgan amaliy videoseminardagi masalalar ham yetkazildi.