Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

2018 yil 25 may kuni O’zbekiston Prezidentining “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ’ib qilish bo’yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to’g’risida”gi qaroriga muvofiq Alisher Navoiy nomidagi madaniyat va istorohat bog’ida “Kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish buyuk maqsadlarimizga erishishning muhim kafolatidir” shiori ostida “Kitob bayrami” o’tkazildi.

Kitob bayramida Viloyat hokimligi, matbuot va axborot boshqarmasi, yozuvchi va shoirlar, ma’naviyat targ’ibotchilari, noshirlar, Andijon mashinasozlik institut professor-o’qituvchilari, talabalar, akademik litsey, kasb-hunar kolleji hamda maktab o’quvchilari ishtirok etdilar. Tadbir oldidan Axboro-resurs markazi xodimlari ishtirokida 200 nomdagi “YAngi adabiyotlar” kitob ko’rgazmasi tashkil qilindi. Ko’rgazmaga yurtimiz nashriyotlarida chop etilgan badiiy, siyosiy, ilmiy-ommabop adabiyotlar, darsliklar va o’quv qo’llanmalar qo’yildi.

Ko’rgazma davomida Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi AKM rahbari G.Ismoilova quyidagi fikrlarini yoshlarga bildirdi: ”Kitobxonlik madaniyatini yuksaltirishga qaratilayotgan doimiy e’tibor xalqimiz tafakkurini yanada boyitish, yoshlarni bilimli, sog’lom fikrli, ma’naviyatli insonlar qilib voyaga yetkazishda “Kitob bayrami”ning ahamiyati katta”, deya- o’z so’zini yakunladi. Andijon mashinasozlik institut rektori O’. R. Salomov ko’rgazmadagi kitoblarni birma-bir ko’rib, yo’nalishga oid yangi olingan Internal combustion engines adabiyotni qo’lga olib, ARM xodimlarga iqtidorli talabalar olib foydalanish to’g’risida fikr bildirdi. Ko’rgazma kitobsevarlarda katta taasurot qoldirdi. Tadbirda 5000 nafardan ortiq andijonliklar ishtirok etdilar.

SHuningdek, kitob bayrami kuni Andijon mashinasozlik instituti asosiy bino hududida Axborot-resurs markazi xodimlari tomonidan kitob savdosi va ko’rgazmasi tashkil qilindi. Ko’rgazmani aylangan professor-o’qituvchilar, talabalar va xodimlar o’zlari qiziqqan shoir va yozuvchilarni kitoblarini sotib oldilar. Ko’rgazma davomida kitobxonlarni talab va ehtiyojlarini o’rganish asosida kitoblar ro’yxati tuzildi.

Bo’lim mudiri M.Axunboyeva