Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

Andijon mashinasozlik instituti, Olima ayollar uyushmasi raisi, dotsent Umarova Mavludaxon Nazirovnaning O’zbekiston xotin-qizlar qo’mitasi tomonidan tashkil etilgan Toshkent shaxridagi Turin politexnika universitetida 21-27 may kunlari “Ixtirochi xotin – qizlarning innovatsion tadbirkorlik haftaligi” da  qatnashganligi xaqida

2018 yil 18 maydagi O’zbekiston xotin-qizlar qo’mitasi tomonidan yuborilgan 06/423-18 raqamli xatiga asosan Toshkent shaxridagi Turin politexnika universitetida 21-27 may kunlari “Ixtirochi xotin – qizlarning innovatsion tadbirkorlik haftaligi” o’tkazildi. Ushbu haftalikda Andijon mashinasozlik institutidan vakil sifatida Institut olima ayollar uyushmasi raisi, “Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi” kafedrasi dotsenti, texnika fanlari nomzodi Umarova Mavludaxon Nazirovna ishtirok etib keldi.

Tadbir ishtirokchilari orasidan ko’p yillar mobaynida tadbirkorlik bilan shug’ullanib kelayotgan tadbirkor ayollar (Muyassar Nigmatova, Mamlakat Sodiqova, Barno Karimova, SHaxnozaxon Siddiqova) o’zlarining faoliyatlari bo’yicha fikr almashdilar va tadbirkorlik faoliyatini boshlamoqchi bo’lgan yosh qizlarga o’zlarining maslaxatlarini berdilar.

Bundan tashqari tadbirkorlik uchun zarur bo’lgan mablag’lar ta’minoti bo’yicha esa Respublikamizda faoliyat olib borayotgan tijorat va davlat banklarining xodimlari tashrif buyurdilar va mablag’larni rasmiylashtirish, qancha muddatga olish mumkinligi,  to’lanadigan muddatlari, foyiz miqdorlari hamda boshqa savollar bo’yicha javoblarga ega bo’ldilar.

Xaftalikning oxirgi kunining ikkinchi yarmida “O’zbekiston ayollarining 100 ta eng yaxshi innovatsion loyixasi” I-Respublika tanlovi g’oliblarini taqdirlash marosimlari o’tkazildi.

Ushbu o’tkazilgan innovatsion haftalik davomida olgan bilimlarim natijasida men ham o’zim uchun bir qator rejalar qildim.

  • Ushbu tadbir tavsilotlari bilan institut talaba qizlari, ayol professor –o’qituvchilar va ayol xodimlar uchun tadbir tashkil etish va bu tadbirlarga Jamila SHermuxammedova, Karima Norqulova, Dilfuza Sultonova kabi ustozlarni taklif etish.
  • Mahallalarda istiqomat qilayotgan ayollar o’rtasida tadbirkorlikka qiziqayotganlar uchun targ’ibot ishlariga yordam berish.

Mening fikrimcha, birgina oilada tadbirkorlik bilan shug’ullanishni boshlagan  ayol o’z oilasini mustahkamlashga, oiladagi yetishmovchilik tufayli kelib chiqayotgan turli xil be’mani xayollarni bartaraf etishga, oxir-oqibat bitta oilani ajralishdan saqlab qolishga xizmat qiladi.