Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

        2018 yil 26 may kuni institutning katta anjumanlar zalida O’zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi Andijon viloyat boshqarmasi tomonidan institutning “MSMSM”, “TJICHAB”, “EEE” va “Iqtisodiyot” yo’nalishining bitiruvchi talabalari bilan uchrashuv o’tkazildi.

        Uchrashuvda Majburiy ijro byurosi Andijon viloyat boshqarmasi Kadrlar bo’limi boshlig’i N.SH.Ro’ziev, Kadrlar bo’limi inspektori I.A.Ahmedovlar ishtirok etdilar hamda Majburiy ijro byurosi Andijon viloyat boshqarmasi faoliyati, faoliyat olib boruvchi xodimlarnin majburiyatlari va vazifalari xususida yig’ilganlarga batafsil ma’lumotlar berildi.

       Shuningdek, uchrashuv davomida inchstitutda tahsil olayotgan talabalar tomonidan o’zlarining qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan atroflicha javoblar oldilar. Tadbir yakunida O’zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi tomonidan respublikamizda amalga oshirilayotgan ishlar to’g’risidagi videorolik va targ’ibot loyihasi namoyish etildi.

       Uchrashuv tadbirida 20 dan ziyod professor-o’qituvchilar hamda 156 nafar talabalar ishtirok etdilar.