Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

2018 yilning 23-may kuni soat 14-00da instituti rektori U.R.Salomov “Elektrotexnika, elektromexanika va elektrotexnologiyalar” yo’nalishining bitiruvchi 4-kurs talabalari, yo’nalish kafedrasi professor-o’qituvchilari, Diplom loyihasi rahbarlari, fakultet dekani va dekan o’rinbosarlari bilan talabalar tomonidan bitiruv malakaviy ishlarning bajarilish monitoringi bo’yicha uchrashuv o’tkazdi.  

Institut rektori ushbu tadbirni o’tkazishdan maqsad sifatli ta’lim berish asnosida kadrlar buyurtmachilari bo’lgan ishlab chiqarish korxonalariga raqobatbardosh sifatli kadr yetkazish ekanini bildirdi.

Uchrashuvda institut rektori U.R.Salomov “Elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyalari” yo’nalishi talabalaridan o’zlari tanlab olgan diplom loyiha ishi mavzularini bajarishda qanday qiyinchiliklar va muammolar borligi bilan qiziqdi.

Talabalar o’z mavzulari bo’yicha diplom oldi amaliyoti o’taganligi ushbu amaliyot davrida o’z mavzulari bo’yicha  ma’lumotlar yiqqanligini,  rahbarlari ko’magida reja asosida faoliyatlari davom ettirilayotganligini bildirdilar.

  Rektor “Avtomatika va elektrotexnika” fakulteti dekani T.Turgunov, “Elektrotexnika, elektromexanika va elektrotexnologiyalar” kafedrasi mudiri v.v.b. S.Abduraxmonov va kafedra professor-o’qituvchilariga  4-kurs “Elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyalari” yo’nalishi talabalari  diplom loyihasini o’z vaqtida kamchiliklarsiz jadval asosida himoya qilishlari bo’yicha konkret topshiriqlar berdi.

Bunday uchrashuvlarni institutning barcha ta’lim yo’nalishlarining  bitiruvchi kurs talabalari bilan o’tkazishga kelishib olindi.