Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

Po’lat Habibullayev nomidagi doimiy faoliyat ko’rsatuvchi Andijon viloyatining seminari «Qishloq xo’jaligida resurs tejamkor agrotexnikalari» mavzusidagi navbatdagi ilmiy amaliy anjuman Andijon Qishloq xo’jaligi institutida bo’lib o’tdi. 

Uchinchi yig’ilish anjuman shaklida o’tkazildi. Anjuman 23-may soat 14:30 da Andijon Qishloq xo’jaligi institutining «majlislar zalida» bo’lib o’tdi.

Anjumanda Andijon Qishloq xo’jaligi institutining rektori A.Abduvosiqov so’zga chiqdi va anjuman qatnashchilariga tabrik yo’lladi. Anjumanda O’zbekiston Fanlar Akademiyasining haqiqiy a’zosi, S.Zaynobiddinov «Fan va texnika yutuqlarini amaliyotga joriy etishning yangi ilmiy yechimlari» mavzusida ma’ruza qildi.

Ushbu ilmiy amaliy anjumanda institutimiz «Fizika va kimyo» kafedrasi mudiri G.Umarova hamda kafedraning yosh o’qituvchilari qatnashdilar.