Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

Hindistonning O‘zbekistondagi Elchixonasi tomonidan Texnik va Iqtisodiy Hamkorlik Dasturi (ITEC) doirasida 2018-2019 yy. uchun Hindistonning turli tashkilotlari (OTMlari)da tashkil etiladigan o‘quv kurslarida ishtirok etish bo‘yicha tanlov e’lon qilinmoqda.

Tanlovda ingliz tilini mukammal biladigan, o‘quv kurslari talablariga javob beradigan malakaga ega bo‘lgan 25-45 yosh oralig‘ida bo‘lgan barcha institut xodimlari ishtirok etishlari mumkin.

ITEC Dasturi bo‘yicha batafsil ma’lumotlar Hindiston Tashqi ishlar vazirligi Hamkorlikni Rivojlantirish Bo‘limining quyidagi veb-saytida taqdim etilgan: www.itecgoi.in  

Tanlovda ishtirok etish istagida bo‘lgan nomzodlar so‘rovnoma va o‘quv kurslari bo‘yicha ma’lumotlarni Hindistonning O‘zbekistondagi Elchixonasi rasmiy saytidan olishlari mumkin: eoi.gov.in/tashkent/

 Andijon mashinasozlik instituti

Xalqaro aloqalar bo‘limi