Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

“Mashinasozlik” fakulteti “Avtomobilsozlik” kafedrasi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 27-iyulda qabul qilingan “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ 3151- sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida institutda qabul qilingan “5+1” modeli asosida amaliy mashg`ulotlarni o`tkazish to`g`risidagi nizomiga asosan, ishlab chiqarish korxonalari mutaxassislari  bilan hamkorlikda seminar tashkil etildi.

Institut pеdagoglari, doktorant va magistrlari, iqtidorli talabalar guruhlari hamda “Avtomobilsozlik va traktorsozlik” yo`nalishi 1-3-kurs talabalariga fakultetning ma`ruzalar zalida zalida   2018-yil 19-may kuni  “GM-Uzbekistan” AJ ning “Xodimlar bopshqaruvi direksiyasi tashkiliy rivojlantirish bo’linmasi” boshlig’i  Sh.Yuldashev  va “Texnologiya va texnik xizmat” direksiyasi texnik bo`limi yetakchi texnologlari T.Abduraxmonov va Sh.A`zamov hamda “UZ Donju Paint” AJ ning ishlab chiqarish nazorati bo`limi boshlig`i S.Xoliqovlar  bilan birgalikda “ Texnologiyani nazorat qilish va uni tashkil etish ”  mavzusida seminar mashg`ulotini o`tkazdilar.

 T.O.Almatayev

Avtomobilsozlik kafedrasi mudiri