Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

       21 may kuni Andijon mashinasozlik institutiga Amerika qo’shma shtatlarining Kaliforniya universiteti professori Kyort SHurgerts tashrif buyuridi. Fursatdan foydalanib, janob Kyort Shurgerts tashrif yuzasidan savollar bilan murojaat qildik

       Janob Kyort Shurgerts O’zbekistonga xush kelibsiz, yurtimizga birinchi kelishingiz, dastlabki ta’surotlaringiz bilan o’rtoqlashsangiz?

       – Avvalo meni bu yerda katta xurmat bilan kutib olganliklari uchun o’zimning chuqur minnatdorchiligimni bildirib o’taman. O’zbekiston va uning ajoyib xalqi xaqida oldin eshitgan edim, bugungi tashrifdan so’ng, taraqqiyot sari ildam qadam tashlayotgan maftunkor yurtingiz to’g’risida menda yanada ajoyib ta’surotlar paydo bo’ldi.

       Andijon mashinasozlik institutiga tashrifingizni asosiy maqsadi nima?

      – Raxbarlarning o’zaro kelishuviga binoan bu yerga keldim. O’zim AQSHning Kaliforniya universitetida ishlayman. Tashrifdan ko’zlangan maqsadim, Kaliforniya universiteti va Andijon mashinasozlik instituti o’rtasida tajriba almashish, o’zimni bilimlarini O’zbekistondagi professor-o’qituvchilar va talabalar o’rtasida o’rtoqlashish, oliy ta’lim tizimida olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlari bilan yaqindan tanishishdan iborat.

       Yurtimizda ko’plab oliy ta’lim muassasalari bor, birinchi bo’lib aynan Andijon mashinasozlik institutiga kelishingizni sababi nimada?

       – Albatta, dastlab sizning institutingizga kelishimning o’ziga xos jixatlari bor. Andijonda mashinasozlik sanoatini jadallik bilan rivojlanayotganligi xaqida xabarim bor, bu institut esa O’zbekistonning taraqqiy etishida asosiy omillardan biri bo’lgan soxaga yetuk kadrlar tayyorlaydi. Demak, Kaliforniya universiteti va Andijon mashinasozlik instituti o’rtasidagi xamkorlik ikki oliy ta’lim dargoxlari uchun faqatgina foyda keltiradi.

       Xozirgina talabalar ishtirokidagi seminar yakunlandi, fikrlaringiz qanday?

      – Meni bir xolat ta’jubga soldi, talabaringiz ingliz tilida ravon va tiniq savollar berishdi. Ularning ilmiy-tadqiqot ishlari yuzasidan bildirgan fikrlarini eshitib, bu yerda anchagina ijobiy ishlar qilinayotganligiga amin bo’ldim. O’ylaymanki, kelgusidagi o’zaro hamkorlik ikki tomonlama manfaatli bo’ladi.

      Xayrullo VASIEV – Andijon mashinasozlik instituti, matbuot va axborot xizmati xodimi