Ishonch raqami: (0374) 223-44-09 info@andmiedu.uz
Select Page
image_pdf

O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining hamda Amerika Qo’shma Shtatlarining O’zbekistondagi elchixonasining hamkorligi asosida Kaliforniya Universiteti professori Curt Schurgers Andijon mashinasozlik institutiga Fulbright dasturi doirasida tashrif buyurdi. Tashrifdan ko’zlangan asosiy maqsad professor Curt Schurgersning Andijon mashinasozlik instituti professor o’qituvchilari uchun hamda talabalar uchun maxsus seminar va workshoplar o’tkazib berishidir. Ushbu seminar Robototexnika fanini o’qitish metodikalari mavzusida bo’lib, robototexnika soxasidagi yangi texnologiyalarni o’quv mashg’ulotlariga tadbiq etish bo’yicha muhokamalarni o’z ichiga oldi.

Tashrifning ikkinchi qismida professor Curt Schurgers boshchiligida Andijon mashinasozlik institutining talabalari uchun Robototexnika va Arduino bo’yicha workshop bo’lib o’tdi. Ushbu workshop davomida instituti talabalari Arduino platformalariga dastur yozish va bu yordamida turli xil proyektlar tayyorlashdilar. Talabalarning bilimga chanqoqligi va professor Curtning soxadagi ulkan tajribasi ushbu workshopning mazmunli o’tishini ta’minladi.

Professor Curt Schurgers – Kaliforniya Universitetida elektr va kompyuter muhandisligi bo’yicha ulkan tajribaga ega bo’lgan professor. U ushbu universitetda ilmy tadqiqotlar olib borish bilan birgalikda talabalarga robototexnika va boshqaruv qurilmalari fanlari bo’yicha ta’lim beradi. Hozirda olib borayotgan ilmiy tadqiqot ishining mavzusi simsiz aloqaning tizimli yondashuvi bo’lib, u o’z jamoasi bilan  muhandislik soxasining ilg’or yutuqlariga erishmoqda. Bundan tashqari, Professor Curt Schurgers Kaliforniya universitetidagi “Tadqiqot uchun Muhandislar” dasturing asoschisi hisoblanadi.

Professor Curt Schurgers Belgiyaning Katholieke Leuven Universitetida magistratura va Los Anjelesdagi Kaliforniya Universitetida elektronika muhandisligi soxasida ta’limning doktorantura bosqichini tamomlagan hamda dunyo reytingida birinchi o’rinda turuvchi Massachussets Texnologiya Universitetining ilmiy tadqiqotchisi sifatida faoliyat olib borgan.

Seminar joriy yilning 21-may kuni bo’lib o’tdi. Professor Curt Schurgersning tashrifi davomida Andijon mashinasozlik instituti va Kaliforniya Universiteti o’rtasida professor o’qituvchilarning almashinuvi, xodimlar almashinuvi hamda talabalar almashinuvi bo’yicha hamkorlik kelishuvlari amalga oshirildi. Shuningdek, ilmiy tadqiqot ishlarini hamkorlikda amalga oshirish bo’yicha kelishuvga erilishildi. Tashrif so’ngida professor Curt Schurgers o’z taasurotlarini bo’lishdi va Andijon mashinasozlik institutining iliq kutib olganligi, seminar-workshop uchun a’lo darajadagi sharoitlarni yaratib berganligi uchun o’z minnatdorchiligini bildirdi.